So’nggi yangiliklar

01:23Габон термаси тарқатиб юборилди  1 00:45Жалолиддин Машарипов: "Жароҳат олмадим"  7 00:27АПЛ. "Ливерпуль" "Лидс"ни яна мағлуб эта олмади, дербида ҳам дуранг  6 00:13"Челси" бош мураббийлиги учун асосий номзод номи маълум бўлди  3 23:56"Челси" собиқ футболчиси: "Марескага ачиндим"  0 23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  6 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  11 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  3 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5

Jamoliddin Rahmatullaev: "Ispaniyaga qarshi o'yin finalga teng hisoblanadi" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "Ispaniyaga qarshi o'yin finalga teng hisoblanadi"

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev Ispaniyaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Kanadaga qarshi o'yin juda muhim edi. Birinchi uchrashuv bizga atalmagandi. Kechagi bahsda esa shogirdlarim borini berishdi.

Garchi mundial finali sari yo'l uzoq bo'lsa-da, Ispaniyaga qarshi bellashuv ham finalga teng. SHu bois, biz uchun har bir o'yin finaldan oldingi final hisoblanadi.

Ispaniya dastlabki ikki bahsda g'alaba qozondi. Biroq har bir jamoaning o'ziga xos zaif tomonlari mavjud. SHunday ekan, raqibning kuchli va zaif tomonlarini o'rganamiz. Ishonchim komilki, bo'lajak bellashuvda g'alaba qozonamiz", – dedi Rahmatullaev.

Eslatib o'tamiz, "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Ispaniya uchrashuvi 16 noyabr kuni 14:00 da boshlanadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика