Jamoliddin Rahmatullaev: "Butun etiborimizni Mali bilan o'yinga qaratganmiz"
07 noy 2023 10:23
Yangiliklar
Jamoliddin Rahmatullaev: "Butun etiborimizni Mali bilan o'yinga qaratganmiz"
"Tayyorgarlik jarayoni avjida. Hamma buni his etib turibdi. Bu ergacha uzoq yo'lni bosib keldik. Bilamizki, birinchi o'yin juda muhim, shu sababli butun etiborimizni shu o'yinga qaratganmiz.
Jahon chempionati – eng katta darajali musobaqa. Bu erga dunyoning eng kuchli termalari tashrif buyuradi. Musobaqada yurtimiz bayrog'ini yuqoriga ko'tarish va nimalarga qodirligimizni ko'rsatish.
Bugungi kunda Osiyo futboli ham rivojlanib bormoqda. Mezbon Indoneziya o'z maydonida barchaga syurpriz tayyorlab qo'ygan bo'lsa kerak. Qolgan to'rtta jamoa ham o'zining o'yin uslubiga ega va ular ham astoydil qarshilik ko'rsatishadi.
Musobaqani ko'tarinki kayfiyatda boshlash uchun ilk bahsda ijobiy natija ko'rsatish muhim. Raqib haqida etarlicha malumotlarga egamiz – kamchiligi va ustun tomonlarini o'rganib chiqyapmiz. Bizni ajoyib o'yin kutib turibdi", – dedi Rahmatullaev.
Mali – O'zbekiston uchrashuvi 10 noyabr kuni 14:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar