So’nggi yangiliklar

08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  2 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0

Jahon CHempioni havaskor jamoada murabbiylik faoliyatini boshlamoqda Yangiliklar

Jahon CHempioni havaskor jamoada murabbiylik faoliyatini boshlamoqda

Teglar :  Alberto Jilardino
Alberto Jilardino degan futbolchini eslay olasizmi?

Janluijji Buffon, Jorjjo Kellini, Andrea Bardzali va Daniele De Rossi hamon CHempionlar Ligasida to'p tepishmoqda. Kristian Zakkardo futbolchilik faoliyatining so'nggi qismini San Marinoda o'tkazmoqda. Jennaro Gattuzo "Milan"ni boshqarayotgan bo'lsa, Fabio Kannavaro – Xitoyda, Alessandro Nesta – B Seriyada. Mauro Kamoranezi – TV eksperti sifatida faoliyat olib bormoqda, Vinchenco Yakvinta esa... Ikki yilga qamalgan.  

2006 yilgi Jahon CHempionati g'oliblari taqdiri turli-tuman bo'ldi. O'sha tarkib azolarining bazilari kutilmagan qarorlar qabul qildilar. SHundaylardan biri – Alberto Jilardino.

Bu hujumchini futbol muxlislari, jumladan Italiya futboliga befarq bo'lmaganlar juda yaxshi eslashadi. Uning yorqin o'yin va ajoyib gollari millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan.

O'tgan mavsumni Jila "Speciya" - B Seriyada o'tkazdi va 6 ta gol urishga erishdi. Bu natija 36 yoshli futbolchi uchun yomonmas, ammo klub u bilan shartnomani uzaytirishni istamadi. SHu sababli oktyabr oyida Alberto D Seriyada debyut mavsumini o'tkazayotgan havaskor jamoa "Redzato"ga qo'shildi. Aslida qaxramonimiz bu erga futbol o'ynash uchun kelmagandi.

Jilardinoni texnik direktor etib tayinlashdi. Lekin bu murabbiylik faoliyati yo'lidagi bir bosqichgina ekanligini barcha tushunib, hech kim berkitmasdi. Alberto uchrashuvlar vaqtida doim bosh murabbiy Luka Prina bilan yonma-yon edi. "Redzato" navbatdagi qadamni tashlab, yuqoriroq Seriyaga o'tmasligi aniq bo'lib ulgurganda, rahbariyat voqealar rivojini yanada tezlashtirishga qaror qildi. Prinaga chiqish eshiklari ko'rsatildi va yakshanba kuni Alberto Jilardino murabbiy sifatida hayotidagi birinchi o'yinini o'tkazadi.

"Redzato" peshqadam "Komo"dan 17 ochkoga ortda qolmoqda va beshinchi o'rinni egallab turibdi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика