Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Braziliya - Argentina uchrashuvi bekor qilindi
17 avg 2022 20:45
Yangiliklar
Jahon chempionati saralashidan o'rin olgan Braziliya - Argentina uchrashuvi bekor qilindi
Eslatib o'tamiz, 2021 yilda o'tkazilgan JCH-2022 saralashi doirasidagi Braziliya — Argentina o'yini Soqliqni saqlash agentligi (Anvisa) va policiya vakillarining stadionda bo'lishi tufayli 7-daqiqada to'xtatilgandi.
Sabab shuki, Braziliyadagi karantin talablariga ko'ra, Buyuk Britaniyadan kelganlar 14 kun karantinda bo'lishi kerak edi. Ammo mehmonlarning APLda o'ynovchi 4 o'yinchisi qaydnomaga kiritilgan va ulardan 3 nafari — Emiliano Martines, Kristian Romero hamda Jovanni Lo CHelso maydonga tushgandi, Emiliano Buendia esa zaxirada qoldirilgandi.
Natijada Braziliya policiyasi o'yin vaqtida stadionga tushib kelib, 4 nafar argentinalik futbolchini maydondan olib chiqib ketishga uringan, oqibatda Argentina milliy jamoasining boshqa futbolchilari ham maydonni tark etishgandi.
Har ikki davlat ham Janubiy Amerika saralash guruhidan jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Agar o'yin qayta o'tkaziladigan taqdirda ham natija hech narsaga tasir qilmaydi, yani Braziliya guruhda birinchi, Argentina esa ikkinchi o'rinda qoladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar