Ivan Boshkovich: “Paxtakor”ni haqli g'alabasi bilan tabriklayman"
12 noy 2022 22:38
Yangiliklar
Ivan Boshkovich: “Paxtakor”ni haqli g'alabasi bilan tabriklayman"
Superliganing so'nggi turidan o'rin olgan “Bunyodkor” – “Paxtakor” (0:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ivan Boshkovich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yin haqida nima deyishim mumkin? “Paxtakor”ni haqli g'alabasi bilan tabriklayman! Biz uchrashuv uchun ishlab chiqqan rejalarimizni amalga oshira olmadik. Raqib dastlabki daqiqalardanoq bizning jarima maydonchamizda paydo bo'lishdi. Vaziyatlarni yuzaga keltirishdi va darvozamizni ishg'ol qilishdi. Ikkita gol o'tkazib yuborganimizdan qiyin bo'lishi aniq edi va shunday ham bo'ldi. Taktikani o'zgartirdik, to'pni ko'proq nazorat qildik. Hisobni qisqartirish uchun imkoniyat yarata oldik. Tarkibda o'zgarishlarni amalga oshirdik. Umumiy xulosa shuki, ruhiy tomondan kuchsizroq ko'rindik. Qolaversa, “koncentraciya”miz yaxshi bo'lmadi, ayniqsa, birinchi bo'limning dastlabki yigirma daqiqasida",-deydi Ivan Boshkovich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar