Ivan Boshkovich: "Jamoaga qanday faktor etishmayotganini bilaman, biroq buni tushuntirib berishim juda qiyin"
17 may 02:09
Yangiliklar


Ivan Boshkovich: "Jamoaga qanday faktor etishmayotganini bilaman, biroq buni tushuntirib berishim juda qiyin"
- Hech qisi yo'q. Futbolda eng asosiysi natija hisoblanadi. Bu holatdan deyarli chiqib ketayotgandik. Bu holat yoqimli emas, albatta. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik. Ikkinchi bo'limda ham o'yin ochiq o'tdi. Birinchi gol mahorat evaziga urildi, ikkinchi golda esa biz pozicion himoyada turib bera olmadik: to'p uchun kurashga chiqishimiz kerak edi. Bu kichkina detal aslida, biroq bularning barchasi natijaga tasir o'tkazadi. 90 daqiqa mobaynida maksimal etiborni o'yinga qaratish kerak. Biz doimgidek o'z futbolimizni o'ynashga keldik. Vaziyatlarimiz bo'ldi, o'yinni hech bo'lmasa durangga olib borishga harakat qildik, biroq ishlarimiz o'xshamadi.
Ko'ramiz, o'yinni taxlil qilib chiqamiz. Ruhiyatni tushirish emas, ko'tarishimiz kerak. Chunki biz mag'lub bo'lganimizda ham mardonavor o'yin namoyish qilganmiz. Istalgan o'yinda biz holatni xohlagan tomonga o'zgartirib yuborishimiz mumkin edi. Lekin futbolni faqatgina yaxshi o'ynash emas, xarakter orqali ochkolarni olishni ham bilish kerak. Raqobatlashish va unda ruhiyatni tushirmasdan jamoaviy xarakterni ko'rsatsakgina ochkolarni qo'lga kiritishimiz mumkin. Futbolchilarga o'yin uchun hech qanday etirozim yo'q, ular qattiq harakat qilishdi. Jamoaga qanday faktor etishmayotganini bilaman, biroq buni tushuntirib berishim juda qiyin. Lekin aniq ayta olaman, biz hozirgi holatimizdan yaxshirog'iga loyiqmiz.
- "So'g'diyona" yaxshi himoyalanmoqda va tartibli hujumga o'tyapti. Hujumlar keskin bo'lsa-da, uni yakunlashga jamoa juda qiynalyapti. "Paxtakor" ustidan qozonilgan g'alabada jamoa hujumlarini zo'r yakunlagandi. Biroq shundan keyin jamoada bu sifat yomonlashib ketdi. Bunga sabab nimada?
- Futbolda faqatgina hujum va himoyani ajratib ko'rsata olmayman. Birinchi navbatda aytishim kerakki, biz juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Jamoa gol urmaganidan keyin bunday gollarni o'tkazib yubormasligi kerak. O'yinlarning statistikalarini, holatlarini murabbiylar bilan taxlil qilib chiqamiz. O'tkazgan gollarimizning katta qismida raqiblar golli vaziyatlar yaratmagan. Bugun birinchi o'tkazib yuborilgan golimiz mahorat evaziga urildi. Hujumdagi o'yin esa bizning oqsaydigan jihatimiz. Bunga qadar bo'lgan o'yinlarda ham vaziyatlar yaratyapmiz. Nima sababdan gollar ura olmayapmiz, buni bilmayman. Lekin tarkibimizdagi barcha futbolchilar Superligada o'zlarining kim ekanligini isbotlashgan.
Hozir turnir jadvalidagi holat unchalik yoqimli emas. Futbolchilar ham biz ham o'yindan ko'prog'ini kutyapmiz. O'yinda esa bosim sezilmoqda. Balki bu ham sabab bo'lishi mumkin. Nima bo'lganda ham bu jamoaviy o'yin. Bunda birgalikda harakat qilish kerak. Ha, balki biz vaziyatlardan foydalana olmayotgandirmiz, ha bazida chiroyli o'yinni natijaga olib chiqa olmayogandirmiz. Biroq ayta olamanki, bu yigitlar bilan o'tgan yilgidek muvaffaqiyatlarga erisha olamiz. Ular hali o'zlariga kela olishadi. O'yinga etirozim yo'q, bugunga qadar bo'lgan o'yinlarda ham etirozim bo'lmagan. Jamoa chiroyli o'ynamoqda, lekin hozir bu o'zimiz istagan joyda bo'lishimiz uchun kamlik qilmoqda.
- "So'g'diyona"ning tarkibi yomon emas. Qo'shni respublika termalarining futbolchilari ham tarkibdan o'rin olgan. Jamoaning beqaror o'yinlar ko'rsatayotgani sababi nimada deb o'ylaysiz?
- Bungacha shunday savollarga javob berganman. Hech nimadan etiroz qilmayman. Tarkibdagi bir qancha futbolchilar jamoaga yordam bera olmayapti. Shohruh Abdurahmonov hali ham jarohatidan forig' bo'lgani yo'q. U o'z nuqtasidagi O'zbekistonda eng yaxshi futbolchilardan biri. O'tgan yili u Superligada qanday daraja ko'rsatgandi. Bir qancha yaxshi o'yinlarni o'tkazgan Luka Jorjevich ham safda emas. Nodir Soyibov esa terma jamoada. Tarkib borasida bir qancha muammolar bor. Jamoa yaxshi o'ynamoqda, tarkibda yoshlar juda ko'p. Men esa yoshi katta futbolchilardan ko'prog'ini kutyapman. Shunchaki vaziyatlardan foydalanish kerak. Bu faktorlarning barchasi o'z tasirini o'tkazadi. Jamoada raqobat katta, futbolchilar ko'p. Ayrim futbolchilar shu sababli, balki oldinga qadam tashlay olmayotgandir. Jamoa hozirgi holatida har bir bahsda o'yinga qaytishi-qaytishi kerak bo'lyapti.
Yoshlar balki o'yinga jismonan tayyor bo'lmayotgandir, lekin bu ruhiy holatga ham bog'liq bo'ladi. Agarda o'sha futbolchilar safga qaytsa, barchasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Endi kubokda o'ynaymiz, keyin "Buxoro"ni qabul qilamiz, keyin 20 kunlik tanaffus bor. Balki shundan keyin o'sha futbolchilar safga qaytsa, biz anchagina kuchayamiz. Bizda "vau" deydigan 30-40 kishilik tarkib yo'q. Tarkibdagi har bir futbolchining o'z darajasi bor. Ayrim jihatlar foydaga, ayrimlari esa zararga ishlamoqda. O'yinda yaxshi o'ynaysan, vaziyatlardan foydalana olmasang, raqib senga urib ketadi. Buni ham chuqur tahlil qilib chiqsa bo'ladi. Tanaffusdan keyin biz sermahsul o'yin ko'rsatishimizga ishonaman.
- Siz hissiyotlarga boy murabbiysiz. O'yindan keyin "Surxon" murabbiylari bilan kelishmovchilik bo'ldi. Bunga sabab nimada?
- Yo'q, hech nima bo'lmadi. O'sha vaziyatda maydondagi holat uchun kichik etiroz bo'ldi. O'yindan keyin ularni chin dildan tabrikladim. "Surxon"ga mavsum davomida omad tilayman. Ular munosib o'ynashmoqda. So'nggi 2-3 yil davomida jamoa barqarorlik namoyish qilmoqda. Bahs davomida bunday holatlar bo'lib turadi. Keyin esa o'tib ketadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar