Itsuki Urata: "Neftchi" bilan o'yin endi tarix, biz navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz"
09 mar 16:05
Yangiliklar
Itsuki Urata: "Neftchi" bilan o'yin endi tarix, biz navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz"
Kecha Superliga 1-turi doirasida 3 ta o'yin o'tkazildi. Toshkentda kechgan "Bunyodkor" - "Neftchi" uchrashuvi qiziqarlilik jihatdan qolganlardan qolishmadi.
Darvozalarga esa chiroyli gollar urildi. O'yindan so'ng "qaldirg'ochlar"ni mag'lubiyatdan saqlab qolgan gol muallifi Itsuki Urataga yuzlandik va fikrlari bilan qiziqdik.
"Qiyin o'yin o'tkazdik. O'yinning borishi ilk daqiqalardan tezlashib ketdi. Raqibimiz ham yaxshi jamoa edi. Bu bahs endi tarix, keyingi o'yinga hozirlikni boshlaymiz.
Golni qanday urishim muhim emas. Ha, chiroyli gol lekin bundan ham ko'proq jamoam foyda ko'rgani xursand qildi. Jamoadoshlarimga ham rahmat aytaman. O'zbekiston chempionatida oson raqib yo'q, shu bois har bir o'yinda ochko qo'lga kiritish oson kechmaydi. Ammo "Bunyodkor"ning o'z maqsadi va yo'li bor",- deydi Itsuki Urata.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar