Ispaniya terma jamoasida navbatdagi almashinuv sodir bo'ldi
04 okt 2021 14:12
Yangiliklar
Ispaniya terma jamoasida navbatdagi almashinuv sodir bo'ldi
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Roberto Millatlar Ligasi final turnirida ishtirok etish uchun Ispaniya terma jamoasidan chaqiruv oldi.
Roberto jarohat olgan "Selta" xavbeki Brais Mendesni almashtiradi. Mendesning o'zi "Barselona" xavbeki Pedrining jarohati sabab tarkibdan joy olgandi.
Oldinroq, Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiy Luis Enrike yana bir o'yinchini almashtirishga majbur bo'lgandi. Jarohat olgan "Atletiko" yarim himoyachisi Markos Lorentening o'rni "Tottenxem" futbolchisi Brayan Xil bilan to'ldirilgandi.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya termasi 6 oktyabr kuni Milanda Italiya bilan Millatlar Ligasi yarim finalida to'qnash keladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar