Inzagi: "Inter" kabi jamoalar o'yin taqdirini ertaroq hal qilishi kerak"
14 avg 2022 12:52
Yangiliklar
Inzagi: "Inter" kabi jamoalar o'yin taqdirini ertaroq hal qilishi kerak"
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi A Seriyaning dastlabki turida "Lechche"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.
"Barchamiz chin yurakdan g'alabani istadik, jamoa ham ishondi va oxirigacha harakat qildi. Bu esa bugungi kunning eng pozitiv lahzasi bo'ldi. O'yinni taxlil qilib, nima sababdan 95-daqiqaga kelibgina g'alaba golini urganimizni ko'rishimiz kerak.
O'yin davomida jamoani kuchaytirish uchun bir necha variantlarim bor edi. Zaxiradan chiqqanlar o'yinga yaxshi qo'shilib keta oldi. Yakunda bahsni to'rt hujumchi bilan yakunladik.
Yigitlarga gap yo'q, ular g'alaba uchun qo'lidan kelganini qilishdi. Biroq o'yin taqdiri ertaroq hal qilinishi kerak edi", - dedi Simone Inzagi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar