Intervyu. Valeriy Kichin: "Buxoro" kubokda sensaciya qilsa kerak, "Neftchi" chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin"
29 avg 20:06
Yangiliklar
Intervyu. Valeriy Kichin: "Buxoro" kubokda sensaciya qilsa kerak, "Neftchi" chempionlikni qo'lga kiritishi mumkin"
Mazkur uchrashuv oldidan Valeriy Kichin matbuot anjumanida fikrlarini bildirdi. Biz esa tadbir yakunida qirg'izistonlik himoyachiga boshqa savollar bilan yuzlandik.
- O'zbekiston Superligasida chempionlik uchun kim favorit?
- Chempionat uchrashuvlari va natijalarini kuzatib bormoqdaman. "Neftchi" hozir yaxshi tarkib jamlagan. "Nasaf" bilan jadvalda yaxshi raqobat hosil qilgan. "Neftchi"da Joel Kojo o'ynamoqda. Shu bois Farg'ona jamoasi chempion bo'lishi tarafdoriman.
- Kubokda qaysi jamoa sensaciya ko'rsatadi?
- "Buxoro" sensaciya qilishini istardim.

- Jahon chempionatida O'zbekiston bir paytlar Bolgariya, Ruminiya kabi kashfiyot jamoa bo'lishi mumkinmi?
- O'zbekistondan munosib o'yin kutamiz, ikkinchi navbatda sensaciya bo'lishi mumkin. Turk mamlakatlari orasidan munosib ishtirok kutib qolamiz.
- O'zbekiston terma jamoasida Paulu Bentu ish boshlashi kutilmoqda. Sizning fikringiz qanday?
- Gap so'zlarga ishonmayman. Turnirda O'zbekiston murabbiyi sifatida Timur Kapadze ishlaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar