So’nggi yangiliklar

07:30ОКМК сардори Тошкент жамоасига ўтиши мумкин  0 03:03Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади  28 02:58А Серия. "Наполи" Римда "Рома"ни мағлуб этди  2 01:25Микель Артета: "Чемпион бўлишни истасак, шу руҳни сақлаб қолишимиз керак"  4 01:15Cамвел Бабаян — "Андижон" бош мураббийи  23 00:33Спаллетти "Ювентус" учун рекорд ўрнатди  2 00:07ОКМК сўнгги турда Олмалиқда "Машъал"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:30АПЛ. Қизиқарли кечган "Челси" ва "Арсенал" жамоалари ўртасидаги Лондон дербисида дуранг қайд этилди, "аристократлар" ўйиннинг катта қисмини ўн киши бўлиб ўтказишди  42 23:17"Андижон" сўнгги турда "Бунёдкор"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:25Исак "Ливерпул" сафидаги дебют голини урди  4 21:34"Реал" 50 млн евролик трансферни амалга оширишга тайёр  8 21:00АПЛ. "Ливерпуль" Лондонда "Вест Хэм"ни мағлуб этди  7 20:56А Серия. "Интер" Лаутаронинг дубли эвазига меҳмонда "Пиза"ни мағлуб этди  2 20:05Савиньо қишда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 19:22Рэшфорд "Барселона"ни тарк этиб, ПСЖга ўтиши мумкин   4

Intervyu. Sardor Abduraimov: "Neftchi"da zaxirada o'tirgandan, "Mashal"da asosiy tarkibda o'rnimga ega bo'lish yaxshiroq" Yangiliklar

Intervyu. Sardor Abduraimov: "Neftchi"da zaxirada o'tirgandan, "Mashal"da asosiy tarkibda o'rnimga ega bo'lish yaxshiroq"

Superligaga qaytgan "Mashal" yangi mavsumga qizg'in ruhda tayyorgarlik ko'rmoqda.

Muborakliklar qishki transfer oynasida tarkibga sobiq futbolchisi Sardor Abduraimovni ortga qaytardi. Futbolchi o'tgan mavsumda "Metallurg" va "Neftchi" jamoalarida to'p tepdi. 

- Bir necha kundan so'ng Superliga start oladi. "Mashal"ning "Paxtakor"ga qarshi o'yini qoldirildi.  Tayyorgarlik jarayonlariga o'zgartirish kiritildimi?

- Jismoniy yuklamalarni kamaytirib "Paxtakor" bilan o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak edi. Lekin ko'rganingizdek uchrashuv qoldirildi. Natijada murabbiylar tayyorgarlik jarayoniga biroz o'zgartirish kiritdi. Hozirda o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqdamiz. Ikki kunlik tatildan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytamiz.

- Chempionlik uchun kurashadigan "Neftchi"ni "Mashal"ga almashtirdingiz. Bunga nima omillar sabab bo'ldi?

- 2024 yilni Bekobod va Farg'onada o'tkazdim. Yuqori jamoalarda talab ham shunga yarasha bo'ladi. Qaerdadir o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. Barqaror o'ynash istagi yuqori bo'lgani uchun "Mashal"ga keldim. Bu jamoa menga begona emas, o'zim shu erda talim olganman. Superligaga chiqqan jamoaga yordam berishni istayman. "Neftchi"da zaxirada o'tirgandan "Mashal"da asosiy tarkibda o'rnimga ega bo'lish yaxshiroq deb o'ylayman. 

- Jamoalarning tayyorgarligidan kelib chiqsak, "Mashal"ning Superligadagi ishtirokini qanday tasavvur qilyapsiz?

- Oxirgi yillarda jamoalar bir-biriga yaxshi qarshilik ko'rsatmoqda deya olaman. Oddiy misol bir necha mavsum oldin yoshlarni o'ynatgan "Surxon"ni hamma tushib ketadi deb taxmin qilgan. Lekin unday bo'lmadi, barqarorlikka erishishdi. "Mashal"ni ham qolgan jamoalarga qarshilik qilishini aytgan bo'lardim. O'zim kelib mashg'ulotlarda ishtirok etdim. O'yinimizda murabbiy imzosi ko'rinib turibdi. 

- Mavsumni "Paxtakor"ga qarshi boshlashni kutganmidingiz?

- To'g'risi kuchliroq jamoalar bilan to'qnash kelishni istagan edik. Nima uchun? Superligani his qilib olishimizda raqiblar bilan o'yinlardagi katta ishtiyoq yordam berardi. Jamoalar 5-6 ta turdan so'ng sport formasiga kirishib olishadi. Istaymizmi yoki yo'q Pro liga jamoalari bilan o'yinlarda bo'shashish ehtimoli bo'ladi. "Paxtakor"ga tushganimiz yaxshilikka xizmat qilishiga umid qilaman. 

- Humoyun Murtozaev bilan qaysi jamoada birga o'ynasangiz ham ajoyib tandem hosil qilgansiz. Malum bir vaqtdan so'ng yana bitta jamoadasiz...

- Humoyun bilan har doim bir jamoada o'ynashni istaganman. "Bunyodkor"da, keyin "Turon"da ham birga to'p tepdik. "Metallurg"da o'ynagan vaqtimda uni chaqirmoqchi bo'lganman. Bir-birimizni ko'zimizni yumib ham tushunamiz. O'ylashimcha, O'zbekistonda eng yaxshi tushunadigan sherigim Humoyun bo'ladi. Yangi mavsumda ham birga eng yaxshi o'yinlarimizni ko'rsatishimizga ishonaman.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика