So’nggi yangiliklar

02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  0 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  3 01:44Стипе Перица: "Мавсумни соврин ва учта ғалаба билан бошлаш ёқимли"  1 01:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" – "Пахтакор" 1:0  0 01:16Ислом Исмоилов: "Мен ҳақимдаги ноўрин фикрларга меҳнатим ва натижа билан жавоб бераман"  20 01:09"Нефтчи" Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби! Тақдирлаш маросимидан эксклюзив ГАЛЕРЕЯ  3 01:04Фарруҳ Сайфиев: "Фарғона халқи учун биринчи Суперкубок"  1 00:43Ўзбекистон Суперлигаси: 4-тур учрашувларини бошқарадиган ҳакамлар маълум бўлди  1 00:10Ла Лига. "Барселона" — "Севилья" 5:2  5 23:55АПЛ. "Ливерпуль" "Тоттенхэм"га қарши ўйиннинг 90-дақиқасида тўп ўтказиб юбориб, ғалабани қўлдан чиқарди  24 23:03Мбаппе "Реал"нинг Чемпионлар Лигаси 1/8 финалидан ўрин олган "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинида асосий таркибда майдонга тушмайди  14 22:51Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  20 22:10Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди  80 21:57Фоденнинг "Манчестер Сити"даги келажаги ҳақида маълумот берилди  2 21:15Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.  231

Intervyu. Humoyun Murtozaev: "Birinchi maoshim 80 ming so'm bo'lgan. Ronaldo va "Real" muxlisiman" Yangiliklar

Intervyu. Humoyun Murtozaev: "Birinchi maoshim 80 ming so'm bo'lgan. Ronaldo va "Real" muxlisiman"

Muborakliklar mavsumga hozirlikni Toshkentda davom ettirmoqda.

"Mashal" jamoasi hujumchisi Humoyun Murtozaev yangi mavsumga tayyorgarlik, jamoadagi muhit, shaxsiy rekordlari va futbolchilik faoliyatiga oid xotiralari haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

— Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab oldik. Tarkibimiz 80 foizga tayyor. Boshqa jamoalarga nisbatan mavsumni kechroq tugatdik. Yigitlarga hordiq kerak edi. Yangi futbolchilar ham jamoaga moslashib ketdi. Ilk turni "Neftchi"ga qarshi o'tkazamiz. Nasib qilsa, yutishga harakat qilamiz. Muxlislar Farg'onaga borib qo'llab-quvvatlasa, biz ularning ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

— Oyog'ingizda jarohat bordek ko'rindi...

— Mashg'ulotda bor edi. O'yinlarda ko'proq kuch kerak bo'ladi, biroz og'riq bor. Xudo xohlasa, shifokorlarimiz yaxshi qarashmoqda. O'ylaymanki, bu muammo emas.

— Mavsumni "Mashal"da boshlashingiz aniq bo'ldimi?

— "Mashal"da qolishim aniq bo'ldi. Bu jamoa sharafini himoya qilaman. Takliflar bor edi, lekin ketgim kelmadi.

 Hamma futbolchilarda ham bunday hislat yo'q. Qiyin paytda tashlab ketishadi...

— Rahbariyat bilan kelishgan holda va o'z xohishim bilan "Mashal"da faoliyatimni davom ettiraman. Bu jamoadan ketishni istamadim, o'zim moslashgan, ko'nikkan joyim.

— O'tgan yilgi rekord haqida...

— Ha, eng tezkor gol muallifiga aylandim. 16 soniyada raqib darvozasini ishg'ol qildim. Bu rekordimni o'zim yangilashga harakat qilaman.

— Keling, mana shu golni eslasak...

— Qarasam, to'p kelyapti. Birga-bir vaziyatga chiqib bordim va gol urdim. Yuzim yorug' bo'ldi. Darvozabon qaytarishi ham mumkin edi. Xudo xohladi — gol bo'ldi va bundan xursandman.

— Bu yilgi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

— Barchaning imkoniyatlarini teng deb o'ylayman. O'tgan yili 13-o'rinni oldik, bu yil tarkibimiz kuchaydi. Kuchli beshlikka kirishga bemalol harakat qila olamiz. Kim chempion bo'lishini aniq ayta olmayman. Hammani teng ko'raman va ularning ham chempion bo'lishga haqqi bor.

 Jamoada rossiyalik murabbiy ish boshladi. O'zaro tushunish qanday ketyapti?

— Boshida taktik tomondan qiyin bo'ldi. Hozir 80 foizga murabbiyning taktikasini tushunib bo'ldik. Superliga boshlanguniga qadar hamma o'zaro bir-birini tushunib oladi. Birinchi turga tayyormiz va "Neftchi"ni yutishga harakat qilamiz.

 Birinchi maoshingiz yodingizdami?

— Albatta. 2010 yil "Sho'rtan" jamoasida to'p tepganimda 80 ming so'm maosh olganman.

— Shu paytgacha olgan eng katta maoshingiz?

— Sir bo'lib qola qolsin. Lekin yashirib nima qilaman, 3–4 ming atrofida olganman.

— Eng katta haridingiz?

— Mashina. Yaqinda Jetour T2 oldim. 512 million so'mga tushdi.

— Birinchi mashinangiz?

— 2019 yil "Nasaf"da o'ynab yurganimda kreditga "Spark" avtomobilini olganman.

— Qaysi jamoaga muxlislik qilasiz?

— Xorijdan "Real", O'zbekistondan "Mashal". "Real"dagi vaziyat hamma jamoada bo'ladi, o'tgan yillarda "Barselona"da ham bo'lgan.

— Futbolchilardanchi?

— Sevimli futbolchim — Ronaldo.

— Eng chiroyli gol?

— Krishtianu Ronalduning ECHL finalida "Yuventus"ga urgan goli.

Kamoliddin Alimov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

   
06 fev 20:32:57
PFK HAQIQAT
Mashʼal, uzbek futbolini qora qutisi. Mashʼal tarixi oʻrganilsa, Uzbek futbolidagi barcha voqiyalar chiqib keladi.
   
04 fev 20:47:29
Ravshan Ruzikulov
Ma'shalni Superligada o'ynaganini o'zi katta gap.
   
04 fev 09:51:19
Akbar Umarov
Menimcha Ma'shal yaqqol autsaydelar qatorida yana yursa keragov
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика