"Inter" Kuadradoni safiga qo'shib olmoqchi
24 sen 2022 14:58
Yangiliklar
"Inter" Kuadradoni safiga qo'shib olmoqchi
Milanning "Inter" klubi Xuan Kuadradoni mavsum oxirida erkin agent sifatida tarkibiga qo'shib olishni rejalashtiryapti.
Kuadradoning Turindagi shartnomasi yozda nihoyasiga etadi va u hozircha uzaytirish bo'yicha barcha takliflarni rad etgan. Futbolchi tanlovlarni o'rganib chiqmoqda. "Inter" esa holatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Kolumbiyalik futbolchi 2015 yilda ijara asosida "CHelsi"dan "Yuve"ga o'tgan va 2017 yilda "Yuventus" bilan doimiy bitim imzolagan.
Bunga qadar "neradzurri" 2021 yilda "Milan"da kelishuvi oxiriga etgan Xakan CHalxanogluni erkin agent sifatida jamoaga jalb qilgan edi. Xuddi shunday harakat "Roma" bilan shartnomasi tugagan Genrix Mxitaryan bilan ham amalga oshirilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar