So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  17 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Ilyos Zeytullaev: "Uzoq davom etgan noxush ananani sindira oldik" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Uzoq davom etgan noxush ananani sindira oldik"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Bugun har ikki jamoa o'z xarakterini namoyish etishga harakat qildi. Bu bilan ikkala klub futbolchilarini tabriklasak bo'ladi. O'z jamoam haqida gapiradigan bo'lsam, "Bunyodkor" 9 yildirki Namanganda g'alaba qozona olmay kelayotgandi. Chunki bu erda o'ynash va g'alaba qozonish qiyin. Shunga qaramay uzoq davom etgan noxush ananani sindira oldik. Buning uchun shogirdlarimga rahmat aytaman. Juda qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- O'yindan ham qoniqdingizmi yoki faqat natijadanmi?

- Bu yaxshi savol. To'g'risini aytaman, birinchi taymdagi o'yinimizdan to'liq qoniqdim. Ikkinchi taymda ham qoniqdim, faqat ozgina. Chunki yanada yaxshiroq harakat qilishimiz mumkin edi. Futbolda raqib sizga qanday imkon bersa shunday o'yin ko'rsatasiz. Balki bugun natijani ko'zlab harakat qilgandirmiz, lekin faqat natijani o'ylashdan tashqari chiroyli o'yin ko'rsatishga ham harakat qilamiz.

- Birinchi davrada Odil Hamrobekov ko'p o'yinlarda yordam bergandi. Uning ketgani jamoaga qanday tasir qildi?

- Hamrobekov O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U terma jamoa azosi va milliy jamoaning Jahon chempionatiga chiqishida o'z hissasini qo'shdi. Shunday futbolchilar borki, maydonda ekanligida boshqalar xotirjam bo'ladi. Hamrobekov shunday o'yinchi. Lekin bu futbol, u faoliyatini boshqa joyda davom ettirish istagini bildirdi. Biz ham usiz qarab o'tirganimiz yo'q. Rasul Yo'ldoshev, Amir To'raqulov kabi futbolchilar uning o'rnini yopishga harakat qilmoqda. Meni futbol maktabimizdan chiqib kelayotgan yoshlar quvontirmoqda. Ularda potencial yuqori. Ammo tan olish kerak, bizga Hamrobekov etishmayapti.

- Bugungi o'yinda 28-raqamli futbolchingiz (Matiya Krivokapich) 4-5ta qulay vaziyatni ko'kka sovurdi. Uning o'yini haqida fikringiz qanday? Ikkinchi savol: jamoangiz oldiga hech bo'lmasa 3-o'rinni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilganmi?

- Ikkinchi savoldan boshlayman. Har qanday o'yinda g'alaba qozonishni maqsad qilamiz. Biz hatto mashg'ulotda mini-futbol o'ynasak ham yutish uchun o'ynaymiz. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar "Bunyodkor" g'alaba uchun o'ynaydi. Lekin bu doim ham o'xshamasligi mumkin. Albatta, biz ham sovrinli o'rinlarni xohlaymiz, faqat bunga sekin-asta qadam tashlash kerak bo'ladi. Endi legioner futbolchimiz haqidagi savolga kelsak, Matiyaning holati bizni qoniqtiryapti. To'g'ri, u optimal formada emas, ammo harakat qilyapti. U endi-endi jamoaga kirishib ketyapti. Muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, jamoamizga hali ko'p foydasi tegadi.

- Sizningcha, O'zbekiston chempioni kim bo'ladi?

- Chempionlik uchun kurash uchta klub orasida kechadi: "Nasaf", "Neftchi" va "Paxtakor". Va ozroq imkoniyat "Dinamo"da ham bor. Menimcha, chempionat finishi juda qizg'in bo'ladi. Lekin kim chempion bo'lishini aytish mushkul.

- Siz Italiyada o'ynagansiz va ishlagansiz. Fabio Kannavarovning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishiga munosabatingiz?

- Men Fabio Kannavaroni shaxsan tanimayman. Birga ishlamaganman va shu paytgacha ishini kuzatmaganman. U o'zidan nimadir qoldirish uchun O'zbekistonga keldi. Ishtiyoqi juda baland deb o'ylayman. U bizni Jahon chempionatiga olib boradi va bu o'rinda bizning vazifamiz unga yordam berish - qo'llab quvvatlash bo'ladi. Terma jamoamiz kuchli futbolchilardan iborat, mundialda o'zimizni ko'rsatishga ishonaman.

Reyting: +5   

Fikrlar

+1   
19 okt 02:54:28
Odiljon
Илес я твои кандидатура видвнул на пост тренеру сборную и многи болельщики мои идея подержали и при. твои работу много хороший слова писали ну короче желаю успехов следиши играх только победа
   
18 okt 23:44:10
O.G Saydinova
Эх Навбахор
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика