Ilyos Zeytullaev: "Tarixiy jamoaning bir bo'lagi bo'lish uchun asta-sekin shakllanyapmiz"
09 mar 05:08
Yangiliklar
Ilyos Zeytullaev: "Tarixiy jamoaning bir bo'lagi bo'lish uchun asta-sekin shakllanyapmiz"
Uchrashuvidan so'ng "qaldirg'ochlar" ustozi Ilyos Zeytullaev OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.
"Juda qiziqarli o'yin guvohiga aylandik. Qaysidir daqiqalarda biz, ayrim vaziyatlarda raqib yaxshiroq ko'rindi. Umumiy manoda shogirdlarim o'z vazifasini yaxshi bajardi. Bu yil medallar uchun kurashadigan, mamlakatimizning eng kuchli jamoasiga qarshi mavsumning birinchi o'yinini yomon o'tkazmadik.
Aytganimdek, “Neftchi” kuchli jamoa. Shuning uchun o'yindan qoniqdim. Bugun maydonda to'p surgan barcha o'yinchilarning harakatlaridan roziman! Ular mehnat qilishdi, futbol o'ynashdi. Bizda ahil kollektiv yig'ilgan. “Bunyodkor” esa tarixiy jamoa. Biz o'sha tarixiy jamoaning bir bo'lagi bo'lish uchun asta-sekinlik bilan shakllanayapmiz, o'yinimizni “quryapmiz”. Muxlislar stadionga tashrif buyurishini uchun harakat qilishda davom etamiz",- deydi Ilyos Zeytullaev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar