So’nggi yangiliklar

02:50А Серия. "Милан" "Фиорентина" билан, "Интер" "Наполи" билан дуранг ўйнади, "Лацио" эса меҳмонда "Верона"дан устун келди  0 02:05"Барселона" Испания Суперкубоги финалида "Реал"ни мағлуб этиб, бош совринни қўлга киритди  222 23:58Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Вольфсбург"га 8 та гол урди  4 23:34Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" турнирни тарк этди  33 23:10“Навбаҳор” ўз сафига грузиялик футболчини қўшиб олди, у бунга қадар ҳам Ўзбекистонда ўйнаган  5 22:12Перес: "Жонажон Жиддага қайтдик"  5 21:13Лапорта: "Саудия Арабистони жаҳон футболининг марказига айланмоқда"  3 21:02Эшитдик-да! Бобир Абдихолиқов “Насаф”га қайтмоқда  14 20:55Англия кубоги. "Арсенал" "Портсмут"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Мартинеллидан хет-трик  4 19:41"Реал" янги шартнома бўйича Emirates’дан йилига 100 млн олиши мумкин. Клуб Adidas ва HP’ни ҳисобга олган ҳолда футболкада 300 миллион ҳомийга эга бўлишни хоҳлайди  1 18:35"Ал Иттиҳод" 38 ёшли Бенземага 2028 йилгача мўлжалланган шартнома таклиф қилди  2 17:36"Барса”, ПСЖ, "Интер”, "Юве”, "Монако" ва "Порту" клублари россиялик футболчига қизиқмоқда  2 16:58Наманган вилояти ҳокими "Навбаҳор" стадионини кўздан кечирди  14 16:01Бугун Испания Суперкубоги финали доирасида “Эл класико” бўлиб ўтади  79 15:42Хулиан Альварес АПЛга қайтиши мумкин  3

Ilyos Zeytullaev: "O'tkazib yuborilgan dastlabki gol bizni qiynab qo'ydi. Ikkinchi bo'limga ko'proq vaqt qo'shib berilsa ham bo'lardi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "O'tkazib yuborilgan dastlabki gol bizni qiynab qo'ydi. Ikkinchi bo'limga ko'proq vaqt qo'shib berilsa ham bo'lardi"

Superliga 23-tur doirasidagi "Neftchi" - "Bunyodkor" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Barchaga xayrli kech. Biz bugun yomon o'ynadik deya olmayman.Juda kuchli raqibga qarshi o'ynadik. "Neftchi" juda tartibli himoyalanadigan jamoa. Birinchi bo'lim va dastlabki golga qadar juda yaxshi taassurot uyg'otayotgandik. Endi barchasini tahlil qilib chiqish kerak. Yaxshi o'yin bo'ldi deb ayta olaman. Ishlashda davom etishimiz kerak. Hozir qiyin vaziyatdamiz, lekin umid qilamanki, biz o'z maqsadimizga erisha olamiz.

- "Bunyodkor" jamoasi bugun ham etarlicha vaziyatlarga ega bo'ldi. Jamoa bugungi uchrashuvga qadar besh o'yinda mag'lub bo'lmayotgandi. Bugun jamoangiz taktik tomonlama raqibga yutqazdi deb o'ylaysizmi?

- Bilasizmi, Levchenko juda tajribali va kuchli murabbiy. "Neftchi" birinchi bo'limda deyarli vaziyatlar yarata olmadi. Biz yaxshi o'ynab turgandik. Dastlabki o'tkazib yuborgan golimizda esa vaziyatni so'ngiga qadar o'ynashimiz kerak edi. Biz etiborsizlik qildik, xolos. Dastlabki gol bizni qiynab qo'ydi. Keyin esa o'z o'yinimizga qaytib oldik. Men hech qachon nolimayman va etiroz bildirmayman. O'yin so'ngida biz "Neftchi" jamoasini zich himoyalanishga majbur qildik. Qo'shib berilgan besh daqiqa davomida raqibimiz faqat himoyalandi. "Neftchi" futbolchilari ko'p jarohat olishdi va ularga yordam ko'rsatish uchun 6-7 daqiqa vaqt ketdi, adolatli bo'lar edi. "Neftchi" futbolchilari o'z ishlarini ayyorona bajarishdi. Biz ligada qolish uchun kurashyapmiz va biz uchun har bir daqiqa juda muhim. Xudo biladi, balki biz o'sha daqiqalarda hisobni tenglashtirib qo'yishimiz ham mumkin edi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика