So’nggi yangiliklar

03:09"Оловга мой сепган" Ямаль ёхуд "Реал" футболчилари нега "Барса" аъзосига ташланиб қолишди?  0 03:06АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Эвертон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 03:02А Серия. "Рома" меҳмонда ғалабага эришди, "Ювентус" эса Римда мағлуб бўлди  0 02:04Миржалол Қосимов: "Охиригача курашиш - спорт принципи"  1 01:59Рўзиқул Бердиев: "Нефтчи" чемпион бўлса, қаҳрамонларни майдондан излаш керак эмас. Менинг ҳолатимга тушиб кўрсангиз биласиз"  11 01:00Илёс Зейтуллаев: "Каннаварога 'D’accordo' дея олмайман"  0 00:34Отабек Нарзуллаев: "Қашқадарё чемпион бўлишини хоҳлаймиз"  4 23:22Англиянинг уч топ-клуби "Бавария" футболчисига кўз тикмоқда  2 22:50Эл Классико. "Реал Мадрид" — "Барселона" 2:1  17 22:22Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди  346 22:20Суперлига. "Бунёдкор" – "Машъал" 2:1  0 21:00АПЛ. "Ман Сити" Ҳусановсиз меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди, "Арсенал" ўз уйида минимал ғалабага эришди  8 20:53МЮ январь ойидаёқ Беллингемни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 20:35Суперлига. ОКМК – "Насаф" 1:1   7 20:24Суперлига. Бир киши кам "Бунёдкор" "Машъал"ни мағлуб этди  11

Ilyos Zeytullaev: "Kannavaroga 'D’accordo' deya olmayman" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Kannavaroga 'D’accordo' deya olmayman"

Superliganing 26-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Mashal" uchrashuvidan so'ng (2:1) mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

– O'yin haqida...

– Menimcha, o'yin ikki xil ko'rinishda bo'lib o'tdi, deyish mumkin. Birinchi bo'limda biroz hadiksiradik, chunki o'yin oson bo'lmasligini bilardik, sababi "Mashal" ligada qolish uchun kurashmoqda. Bizga ham, albatta, mavsumimizga mano berish uchun ochkolar kerak edi, chunki yigitlar yig'inlardan tortib butun jarayonni tashkil etishgacha juda og'ir mehnat qilishmoqda. Shu bois birinchi bo'lim biroz tushkunlikda o'tdi. Ikkinchi bo'limda o'yinni yo'lga qo'ydik, vaziyatni barqarorlashtirdik, darvozamizni ishonchli qo'riqlayotgandik. Ammo, afsuski, yosh futbolchimizning xatosi tufayli oxirgi yarim soat asosan himoyalanishga majbur bo'ldik. Yigitlar jipslashib, uning uchun ham o'ynashdi. Shuning uchun shogirdlarimni tabriklamoqchiman – bugun juda og'ir, ammo munosib g'alabaga erishdik.

– Ikkinchi bo'lim boshidayoq birato'la uch o'zgarishga qo'r urdingiz. Qolgan o'zgarishlar ham ko'p kuttirmadi. Bunga sabab nima?

– "Mashal" bizni juda yaxshi o'rganib chiqqanini sezdik – ularning mudofaasini yorib o'tish uchun deyarli bo'shliq yo'q edi. Shu bois, jarima to'plari yoki kutilmagan qarorlar orqali raqibni dovdiratib qo'yadigan o'yinchilar kerak edi. Chiziqlar orasida yaxshi o'ynaydigan, noodatiy, ijodkor futbolchi Martin Shrollerga o'zini ko'rsatish imkonini berdik. Zaxiradan tushgan yigitlar o'z vazifalarini yaxshi bajarishdi. Bobur Yo'ldoshev ham tajribasi bilan yordam berdi. Birinchi bo'limda o'ynaganlarga ham barakalla deyman – bazida nimadir o'xshamay qoladi, lekin ular vaziyatni tushunib, topshiriqni juda yaxshi bajarishdi.

– Amir To'raqulovning maydondan chetlatilishi jamoaga qimmatga tushishi mumkin edi. Ehtimol, u darvoza ustunlariga minnatdorchilik bildirib qo'yishi kerakdir. Buning uchun unga tanbeh berdingizmi?

– Amir bilan bog'liq vaziyatga kelsak – menimcha, unda yaxshi futbolchi bo'lish uchun barcha imkoniyatlar bor. Ammo nafaqat u, balki umuman O'zbekistondagi yosh futbolchilar zamonaviy futbolda faqat yaxshi jismoniy ko'rsatkichlarning o'zi etarli emasligini tushunishlari kerak. Nafaqat taktik fikrlash, balki ruhiy barqarorlik ham muhim. O'zini nazorat qilish – bu o'rganish kerak bo'lgan asosiy jihatlardan biri. Yaxshiyamki, bunday ko'ngilsiz holat ayni hozir, faoliyatining boshlang'ich nuqtasida sodir bo'ldi. O'ylaymanki, bu voqeani umrbod eslab qoladi. U aqlli, yaxshi, kamtar yigit. Ishonchim komilki, bundan to'g'ri xulosa chiqaradi, biz esa unga ham klub, ham jamoa sifatida bunday xatolarga boshqa yo'l qo'ymasligi uchun yordam beramiz.

– Mazkur o'yinni O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bevosita stadiondan kuzatdi. Siz Italiya futboli va italyan tilidan ham yaxshi xabardorsiz. Qachondir sizga Kannavaroning yordamchi murabbiyi bo'lish taklif etilsa, "D’accordo" (italyan tilida rozilik bildirish – tahririyat) deya javob berarmidingiz? 

– Ha, siz italyancha gapirdingiz. "D’accordo" – "roziman" degani. Savolingizga kelsak, to'g'risini aytsam, u erda ishlaydigan odamlarning hurmati uchun javob berishga qiynalaman. Men hozir bunday masalalar bo'yicha izoh bermasligim kerak. Savolingiz uchun rahmat, lekin u erda o'zini shu ishga bag'ishlagan odamlar ishlaydi. Xudo mening taqdirimni qanday yo'naltirishi va menga nima tayyorlab qo'yganini bilmayman. Bu savolga javob bera olmayman, sababi bu nozik mavzu. Bir paytlar men ham bo'lgan joyda ulkan yo'lni bosib o'tganlarga katta hurmat bilan qarayman.

– Ayni damda "Real Madrid" va "Barselona" o'rtasida El Klassiko bo'lib o'tmoqda (o'yin matbuot anjumani arafasida start olgandi – tahririyat). Ushbu derbi haqida nima deya olasiz?

– Bilmadim... Bolaligimdan "Ayaks" va "Real Madrid"ga muxlis bo'lganman – bular mening sevimli jamoalarim. So'nggi yillarda, albatta, "Barselona" ham yuqori darajaga ko'tarildi. Yaxshisi, eng yaxshi futbol o'ynaydigan jamoa g'olib bo'lsin. Ikkala jamoa ham juda kuchli, shuning uchun o'yin qiziqarli bo'lishi kutilmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика