So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Ilyos Zeytullaev: "Barchamiz "Bunyodkor"ni avvalgi darajasiga qaytarish yo'lida ishlayapmiz" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Barchamiz "Bunyodkor"ni avvalgi darajasiga qaytarish yo'lida ishlayapmiz"

Superliganing 2-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. Zo'r atmosfera uchun futbolchilarga va muxlislarga raxmat. Bugungi uchrashuvda jamoamiz azolari masuliyatni his qilgan holda harakat qilishdi. Natija uchun javobgar ekanimizni barchamiz yaxshi tushunib turgandik. Oson o'yin bo'ldi deya olmayman, har ikki jamoa ham oxirigacha kurashdi. "Sho'rtan" jamoasiga navbatdagi bahslarda muvaffaqiyat tilayman.

- "Bunyodkor" tarkibidagi legioner jalb etilishi haqida aytib bersangiz ...

- Bizda selekciya ishlari doimiy davom etadi. Mavsum oldidan bir qator legioner futbolchilar jamoamizda ko'rikdan o'tishdi. Bizga sifatli futbol namoyish etadigan legionerlar zarur edi. Kachorri dubl qayd etganidan xursandman. Legioner yoki mahalliy futbolchi bo'lishi ahamiyatsiz, muhimi jamoamizga nafi tegishi kerak.

- "Sho'rtan" siz kutganchalik qarshilik ko'rsata oldimi?

- Jamoani yaxshi o'rganib chiqqandik. Bu jamoa tarkibida bitta vaziyatdan unumli foydalanib keta oladigan ijrochilar bor. Ehtiyotkorlik har doim futbolning ajralmas qismi. Mavsum endigina boshlandi, hozircha xulosalar uchun erta.



- "Bunyodkor"ning yorqin davrlarini yaxshi eslaymiz. Jamoa qachon yana o'sha darajasiga qaytishi mumkin?

- Zo'r savol. "Bunyodkor"da yorqin tarix bor. Biz barchamiz hozir jamoani avvalgi davrlariga qaytarish yo'lida ishlayapmiz. O'tgan mavsumlarda klub anchayin inqirozlarni boshdan o'tkazdi. Yoshlar bizning kelajagimiz, biz o'yindan-o'yinga o'sib borishimiz kerak. 

- Bugungi o'yin darajasidan qoniqdingizmi?

- Albatta, natijadan kelib chiqsa, qoniqish mumkin. Safarda g'alaba qayd etilishi yoqimli holat. Lekin mavsumning boshi bo'lgani sabab kichik xatolar ham ko'zga tashlanib turibdi.

- Italiya futboli himoyaviy futbolga asoslanadi. Murabbiylar shtabingizda italiyalik mutaxassislar bor. Lekin "Bunyodkor" ko'proq hujumkor futbol o'ynamoqda. Siz raqibga qarab o'yin qurasizmi yoki joriy mavsum hujumkor futbolni maqsad qilganmisiz?

- Hozir hamma futbol o'ynashni biladi. Jismoniy imkoniyatlardan kelib chiqib harakat qilishimiz kerak. Har bir o'yin raqibdan kelib chiqqan holda quriladi. Hujumkorlik bizning asosiy maqsadlarimizdan biri, shu orqali g'alabalarga erishishimiz mumkin.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика