So’nggi yangiliklar

19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  0 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  5 18:22"Удинезе" — "Наполи". Таркиблар маълум  0 18:08Суперлига ўтиш ўйинини ким бошқаради?  4 17:49"Манчестер Сити" ва "Тоттенхэм" ўйинлари учун таркиблар маълум  16 17:33Марко Станоевич Ўзбекистондаги фаолияти, "Насаф"дан кетиши ва унга қарши ўйнаган энг яхши футболчилар ҳақида гапирди   1 16:54"Персеполис" — "Алуминиум Арак". Таркиблар маълум  1 16:15"Насаф": Умар Эшмуродов билан шартнома узайтирилди  0 15:13"Гулистон" 16 декабрдан ўқув-йиғин машғулотларига киришади. Клуб президенти, директори ва бош мураббийи маълум  13 14:31"Тоттенхем" 70 миллионлик форвардни нишонга олди  4 13:57"Реал" янги ҳимоячининг трансфери бўйича келишиб олди  2 13:11"Реал" Камавингага нарх қўйди  7 12:22"Реал" "Манчестер Юнайтед"дан ҳимоячи сотиб олиши мумкин  4 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: “Сити”, “Бавария”, “Реал” ва бошқалар  0 11:34"Реал" Хаби Алонсони бугуноқ истеъфога чиқариши мумкин  31

Ikrom Aliboev - "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yini va chempionlik uchun kurashadigan jamoalar haqida gapirdi Yangiliklar

Ikrom Aliboev - "Paxtakor" - "Lokomotiv" o'yini va chempionlik uchun kurashadigan jamoalar haqida gapirdi

Bir necha soatdan so'ng Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi boshlanadi.

Mazkur bellashuvdan oldin ikki jamoada ham O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritgan Ikrom Aliboevga yuzlandik. Futbolchi derbi oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi. 

Lokomotiv

Sardor Abdunabiev - 20', Damyan Krayishnik - 38', Ivan Bulatovich - 47'

Superliga. 3-tur

14/03/2024, 18:45

0
:
3
Tugadi

Paxtakor

45'
90'
8'  Ivan Rogach
20'  Sardor Abdunabiev
20'  Ivan Bulatovich
38'  Damyan Krayishnik
47'  Ivan Bulatovich
71'  Anzur Ismoilov
76'  Abdulloh Yo'ldoshev
79'  Dilshod Komilov
81'  Ivan Bulatovich (Jasur Hakimov)
81'  Abdulloh Yo'ldoshev (Abubakrrizo Turdaliev)
87'  Sanjar Tursunov (Jahongir Hoshimboev)
87'  Damyan Krayishnik (Lazizbek Mirzayev)
46'  Muhammadrasul Abdumajidov (Kimi Merk)
73'  Dostonbek Hamdamov (Muhammadali Usmonov)
85'  Kimi Merk

"Ochig'ini aytganda Koreyada translyaciya bo'lmagani uchun o'yinlarni jonli efirda ko'ra olmadim. Lekin "Lokomotiv"ning "Metallurg" bilan, "Paxtakor"ning "Nasaf"ga qarshi o'yinlari videosini tomosha qildim. Bugun imkoniyatlar teng. "Paxtakor"da o'zgarishlar ko'p bo'ldi. "Lokomotiv" ham quyi ligaga tushib ketganidan so'ng yoshlarga ko'proq imkoniyat beryapti. Qiziq o'yin bo'ladi, deb o'ylayman. 

Tarkib borasida "Paxtakor" tajribaliroq. Bejizga 5 yildan beri chempionlikni qo'lga kiritayotgani yo'q. Ko'p futbolchilar tark etganiga qaramay yoshlar yaxshi taassurot qoldiryapti. "Lokomotiv" ham yaxshi natija ko'rsatadi, degan taxminim bor. Tarkibda Sanjar Tursunov, Anzur Ismoilov kabi etakchilar borligini aytib o'tish mumkin. "Temiryo'lchilar" kuchli beshlikka kirsa kerak. "Paxtakor" joriy mavsumda ham sovrin uchun kurashadi. 

Taxminimcha, o'yin durang bilan yakunlanadi. Ikki jamoa hisobida ham hozir bittadan g'alaba va durang bor. Bahs "Lokomotiv" maydonida bo'lib o'tadi. Qolaversa, chempionat boshi. 

CHempionlik uchun kurashda har doimgidek jamoalar kurashadi. "Paxtakor", "Navbahor", "Nasaf" va "Neftchi"dan bittasi bosh sovringa ega chiqsa kerak",- deydi Ikrom Aliboev.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика