So’nggi yangiliklar

12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  0 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  23 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  1 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  25 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  5 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  24 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1

Hujumda o'ynayotgan markaziy himoyachi haqida Yangiliklar

Hujumda o'ynayotgan markaziy himoyachi haqida

Andrea Ranokkya bugungi kunda Italiya A Seriyasining eng ishonchli markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi.

Evropa Ligasi uchrashuvi doirasidagi uchrashuv uchun asosiy tarkiblar elon qilinib, "Inter" safida Andrea Ranokkya asosiy tarkibda maydonga tushishi aniq bo'lgach, bu ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo'ldi.

Ko'pchilik: u himoyada o'ynaydimi, yoki hujumdagi deya xazilona savollarni qoldirishdi. Buning sababi, "Bolonya"ga qarshi o'yinda Luchano Spalletti Ranokkyani uchrashuv oxirida 12 daqiqaga, hujum chizig'iga tushirdi. Malumot uchun, "Inter" o'sha o'yinda baribir mag'lub bo'ldi - 0:1.    

"Rapid"ga qarshi o'yinda Andrea odatdagi poziciyasi - markaziy himoyada harakat qildi, lekin unga deyarli ish bo'lmadi. Avstriyaliklar bor yo'g'i to'rt bor zarba berdi, "Inter" esa - 11ta. Ularning ikkitasini Ranokkya, bittasi aniq – gol.


Sobiq sardor Mauro Ikardi tribunada o'yinni tomosha qilib o'tirgan vaqtda, boshqa bir sobiq sardor jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba bilan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Spalletti xursand, Ranokkya esa xuddi "Inter"ga CHempionlar Ligasi finalida g'alaba keltiruvchi golni urgandek xursand edi.

"Men – "Interchi" va professionalman. Faqatgina shunday holatda muvaffaqiyatga erishish mumkin. "Interchi" bo'lib tug'iladilar, ular ko'p qiyinchiliklarga duchor bo'ladilar, ammo jamoa g'alaba qozonganda, barcha qiyinchilik, azoblar o'rnini bosib ketadigan ajoyib tuyg'uni xis etadilar. Uni so'z bilan ifodalashning imkoni yo'q".

Kim biladi deysiz, balki "neradzurri"ga aynan shunday sardor kerakdir.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика