Harri Keyn qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ldi
01 dek 2024 17:10
Yangiliklar
Harri Keyn qancha muddatga safdan chiqqani malum bo'ldi
Hujumchi "Borussiya Dortmund"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi.
"Bavariya" klubi forvardi Harri Keyn Bundesliga 12-turidan o'rin olgan o'yinning birinchi bo'limida jarohat olgandi.
Nemis klubi bergan bayonotga ko'ra Keyn o'ng oyoq, sonning orqa qismidagi mushaklarini jarohatlab olgan. Harri Keyn ushbu jarohatdan qutilishi uchun eng kamida ikki haftani o'tkazib yuboradi. Bu esa Keyn 20 dekabr "Leypcig"ga qarshi o'tkaziladi o'yingacha maydonga qaytmasligini anglatadi. Ushbu o'yin esa "Bavariya" uchun 2024 yildagi oxirgi uchrashuv hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" ўз уйида "Манчестер Сити"га ютқазди
ЕЧЛ. Дастлаб гол ўтказиб юборган "Барселона" якунда "Айнтрахт"ни мағлубиятга учратди
"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради
Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"
Fikrlar