Hamidullo Abdunabiev: "Bunyodkor" uchun bu natija adolatsiz hisoblanadi. G'alabaga haqli edik"
19 apr 09:10
Yangiliklar
Hamidullo Abdunabiev: "Bunyodkor" uchun bu natija adolatsiz hisoblanadi. G'alabaga haqli edik"
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 6-turida "Xorazm" bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvda ikki jamoada vaziyatlar bo'lishiga qaramay g'olib nomi aniqlanmadi (0:0). Mazkur uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" darvozaboni fikrlarini bildirib o'tdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Ko'rdingiz ustunlikni qo'limizga oldik, darvoza oldida vaziyatlar yaratdik. To'p bir necha bor ustunga tegdi. Umuman olganda natija adolatsiz bo'ldi. Qolaversa, biroz omad ham etishmadi. Biz ko'proq g'alabaga haqli edik. Nima ham deymiz, bu - futbol.
Ha, vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz. Mashg'ulotlarda ishlaymiz. O'ylaymanki, keyingi o'yinlarda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz",- deydi Hamidullo Abdunabiev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar