So’nggi yangiliklar

12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  0 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  4 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  1 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  3 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3 09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  11 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  4 07:56ЦСКА тасдиқлади  10 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  6 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  1 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  68 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  6 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  2

Hamid Derakshan: "Bizda "Bunyodkor" haqida barcha malumotlar bor" Yangiliklar

Hamid Derakshan: "Bizda "Bunyodkor" haqida barcha malumotlar bor"

OCHL 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Persepolis" o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mehmonlar ustozi Hamid Derakshan ishtirok etdi.
"Barchaga Assalomu alaykum. Umid qilamizki ertaga yaxshi o'yin o'tkazamiz. Bizda "Bunyodkor" jamoasi haqida ko'p malumotlar bor, juda yaxshi va kuchli jamoa. So'nggi bor Dubayda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgandik. Lekin bugungi tarkib o'sha paytdagi tarkibdan anchagina o'zgargan. Yaxshi natijaga erishishga umid qilamiz", - deydi Hamid Derakshan.

- Ertaga jamoa o'z o'yinini ko'rsatadimi yoki safarda bo'lgani tufayli "Bunyodkor"ga qarab o'ynaydimi?
-
Albatta biz raqibning oldingi o'yinlarini tahlil qilish natijasida o'yin olib bormoqchimiz. Asosiy maqsadimiz g'alaba qozonish.

Eronlik jurnalist savol: - "Persepolis" 1-turda yaxshi o'yin ko'rsatgandi. Ertaga ham yaxshi o'yin ko'ramizmi?
- Biz butun kuchimizni ishga solib o'yin ko'rsatmoqchimiz. Yana bir bor qaytaraman, maqsadimiz - g'alaba.

- Tarkibda yo'qotishlar bormi?

- Jamoada faqat ikki nafar futbolchi jarohat olgan va Eronda qolgan.

- Jamoa oldiga OCHLda qanday maqsad qo'yilgan?
- Dastlabki turda kuchli raqibni 3:0 hisobida mag'lub etdik. Birinchi qadamni juda yaxshi qo'ydik.

- Braziliyalik futbolchi Tadeu ham jarohat olganmi? U Toshkentga kelganmi?
- Yo'q unda jarohat yo'q. U jamoa bilan birga Toshkentga etib kelgan.

- "Persepolis"ning keyingi yil OCHLga chiqish imkoni juda past. Jamoa asosiy etiborni Eron chempionatiga qaratadimi yoki OCHLgami?

- Biz imkon qadar yaxshi o'ynashga urinamiz. Osiyo chempionlar ligasini yaxshi boshladik, ichki chempionatda ham yuqori o'rinlar uchun kurashamiz.

- "Persepolis" jamoasi Eronda anchagina taniqli, nima deb o'ylaysiz uning O'zbekistonda ham muxlislari bormi?
- O'zbekistonda ham ko'plab eronliklar yashashadi. Agar ertaga ular kelib bizga muxlislik qilishsa xursand bo'lardik.

- Eron klublari Osiyo miqiyosida kuchsiz. Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlos Keyrush "Persepolis" klubi bilan qanday aloqalarni o'rnatgan?

- Unday demagan bo'lardim. Sababi OCHLda o'ynayotgan klublarning bir qator futbolchilari terma jamoada o'ynaydi. Eron terma jamoasi murabbiyi bizning klub bilan doimiy aloqada.


Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика