Hakim Fuzaylov: "Kurash hali to'xtagani yo'q"
17 okt 20:13
Yangiliklar


Hakim Fuzaylov: "Kurash hali to'xtagani yo'q"
- O'yin haqida fikringiz?
- Avvalambor futbolchilarimizga katta rahmat. Bugun maydonga tushgan hamma qattiq mehnat qildi, g'alabaga bo'lgan ishtiyoq shundoq ko'rinib turdi. Natijada yirik hisobda g'alaba qozondik. Lekin kurash hali to'xtagani yo'q, oldinda yanayam muhim bahslar kutmoqda.
- Fubolchilarni almashtirish borasida fikringiz?
- Bizga shunga majbur edik, chunki kimdir toliqib qoldi, kimdir kichik jarohat oldi. Besh kundan yana o'yin o'tkazamiz, hammaning sog'lig'i haqida o'ylashimiz lozim. Bu o'rinda tezroq tiklanib olishimiz kerak bo'ladi.
- Sizningcha, "Xorazm" xavfli hududni tark etdimi?
- Yo'q hali. Biz hamon qiyin vaziyatdamiz. Borgan sari o'yinlar kam qolyapti, kurashmasak bo'lmaydi. Bugun olti ochkoli o'yinni o'tkazdik. Agar yutqazib qo'yganimizda juda qiyin vaziyatga tushib qolgan bo'lardik. Superligada qolish uchun astoydil kurash ketyapti, biz ham harakat qilishda davom etamiz.
- Xuddi birinchi davradagi kabi bugun ham jamoangiz "Mashal"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Shu haqda fikringiz?
- Har ikki davrada "Mashal"ni mag'lub etgan bo'lsak-da, bu oson bo'lib qolgani yo'q. Ikkala uchrashuv ham qiyin o'tdi. Kim birinchi gol ursa ustunlik shu jamoaga o'tdi. Yana bir bor shogirdlarimga g'alaba uchun rahmat.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar