Gyundoganning fikricha, "Liverpul" - "Bavariya" to'qnashuvida inglizlar etakchi
15 fev 2019 14:52
Yangiliklar


Gyundoganning fikricha, "Liverpul" - "Bavariya" to'qnashuvida inglizlar etakchi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Liverpul" hamda "Bavariya" o'rtasida o'tkaziladigan CHempionlar ligasining 1/8 final o'yini haqida fikr bildirdi.
"Liverpulda o'ynash qanchalik qiyinligini bilaman, shu sababli imkoniyatlar "Liverpul"nikidan ko'p deb hisoblayman. Ular o'z maydonida shunaqangi bosim o'tkazishadi, bunaqasini boshqa joyda ko'rmaysiz. U erda 15 daqiqa ichida 3ta gol o'tkazib yuborish mumkin.
Agar "Bavariya" Liverpulda munosib o'yin ko'rsata olsa, o'z maydonida har qanday raqibni mag'lub etishi mumkin" - deydi Gyundogan.
"Liverpul" hamda "Bavariya" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final ilk o'yini 19 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar