Gvardiola Xoland haqida: "4 yoki 5 ta gol urmagani uchun afsusdaman"
19 okt 00:20
Yangiliklar
Gvardiola Xoland haqida: "4 yoki 5 ta gol urmagani uchun afsusdaman"
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola bugun "Everton"ga qarshi o'yinda dubl qayd etib, uchrashuv taqdirini hal qilgan Erling Xoland haqida gapirdi.
"Terma jamoalar o'yinlaridan keyingi tanaffusdan so'ng odatdagi birinchi taym bo'ldi. Biz to'p egaligini nazorat qila olmadik, bu oson kechmadi. "Everton" va Devid Moyes ajoyib ish olib bormoqda. Sifat yuqori darajada, uzun paslar va tajribali himoyachilar mavjud. Ularga qarshi o'yin uslubini topganimizdan so'ng, yaxshiroq o'ynay boshladik.
Xoland to'rt yoki besh gol urmagani uchun afsusdaman. Jiddiy aytadigan bo'lsam, men haqiqatan ham mamnunman, biroq biz faqat unga tayanib qololmaymiz, bizga boshqa o'yinchilar ham kerak. Qanotdagi o'yinchilar, hujumkor yarim himoyachilar ham oldinga intilishlari va gol urishni boshlashlari lozim. O'yinni shunday tashkil qilamizki, Erlingni paslar va sifatli qo'llab-quvvatlash bilan taminlaymiz, ammo boshqalar ham faol bo'lishlari zarur.
Bizda aniq gol urish imkoniyatlari bo'ldi va ulardan foydalanishimiz kerak edi. Bu darajada o'yinchilar o'zlaridan ko'proq talab qilishlari lozim. Savino, Jeremi [Doku], Tijani [Reynders] - ular gol urishlari kerak, aks holda biz o'zimiz xohlagan natijaga erisha olmaymiz.
To'pni oldinga yaxshiroq etkaza boshladik va hozirda Erling bizning asosiy futbolchimizga aylandi," dedi "Manchester Siti" bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar