Gvardiola "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
11 mar 2019 15:50
Yangiliklar


Gvardiola "Manchester Siti" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi to'rt yilni "shaharliklar" safida o'tkazishga tayyor.
Malumotlarga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis do'stlariga "Siti" bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan bitimga imzo chekishga tayyorligini aytgan. SHunday qilib, u "Manchester Siti"da 7 yil ishlashi mumkin.
Oldinroq, "Yuventus" vakillari ispaniyalikning agenti bilan ikkita uchrashuv o'tkazishga muvaffaq bo'lishdi, ammo Gvardiolaning o'zi Italiyaga ko'chib o'tmoqchi emas.
"Manchester Siti" egalari Gvardiola klubda 10 yil qolishini xohlashmoqda. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2021 yilning yozida yakuniga etadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar