Gvardiola "Man Siti"dan "Bavariya" yulduzini sotib olishni so'ramoqda
05 mar 16:50
Yangiliklar


Gvardiola "Man Siti"dan "Bavariya" yulduzini sotib olishni so'ramoqda
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoada "Bavariya"ning franciyalik vingeri Maykl Oliseni ko'rmoqchi.
Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, francuz uning sxemasiga juda mos tushadi. "Bavariya" Oliseni qo'yib yuborish ishtiyoqida yonmayapti. Manbaning yozishicha, myunxenliklar poziciyasini faqatgina "juda ishonchli taklif" o'zgartira oladi.
Maykl Olise "Bavariya" safiga 2024 yilning yozida kelib qo'shilgandi. Nemis grandi franciyalik futbolchini "Kristal Pelas"dan 53 mln evroga sotib olgan. Vinger myunxenliklar safida 36 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar