Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
24 fev 08:00
Yangiliklar
Gvardiola kechagi uchrashuvdan so'ng nimalar dedi?
«Biz juda yaxshi o'ynadik. Biz zarba berishda samaraliroq bo'lishimiz mumkin edi, ammo biz fantastik jamoaga qarshi o'ynadik. Balki boshida imkoniyatlar 50-50 bo'lgandir, ammo biz ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda ular juda chuqur himoyalanishdi. Biz ko'p o'yinlarda sinab ko'rmagan ishni qildik, Taktika bo'yicha biz ularning maydonchasida to'pni olib qo'yishimiz kerak edi, biroq biz ushbu bahsda gol ura olmadik.
Mag'lub bo'lsak, shunday o'ynab mag'lub bo'lganimiz maqul. Ishonchim komilki, bu klub bizdagi futbolchilar bilan porloq kelajakka ega. Kevin De Bryuyne va balki Natan Akedan tashqari barcha futbolchilar juda yosh. Ushbu futbolchilar bilan kelajakda «Man Siti» ancha kuchli jamoa bo'ladi» , — deb fikr bildirdi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar