So’nggi yangiliklar

13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  0 13:18Суперлига. Плей-офф: "Арал" – "Бухоро". Таркиблар маълум   6 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  7 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  4 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  2 10:42Алонсонинг ўрнига яна бир даъвогар пайдо бўлди  3 10:15"Навбаҳор" келаси мавсум уй учрашувларини қайси стадионда ўтказиши маълум  13 09:46Кечаги аламли натижадан сўнг Аморим нималар деди?  3 09:18ОКМК етакчиларидан бир легионер бўлишга яқин  4 08:50The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди  12 08:17"Андижон" етакчиларидан бир фаолиятини Тошкентда давом эттиради  3 07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  15 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  1

Gvardiola Husanov haqida: "Boshlang'ich tarkibdagi joy hech kimga kafolatlanmagan" Yangiliklar

Gvardiola Husanov haqida: "Boshlang'ich tarkibdagi joy hech kimga kafolatlanmagan"

Fevral oyida Husanov klubning eng yaxshi futbolchilaridan biri deb tan olingandi, biroq 30 mart kuni "Bornmut"ga qarshi Kubok uchrashuvining tanaffusida almashtirilganidan so'ng u boshqa maydonga tushmasdan kelmoqda.

Gvardiolaning aytishicha, bu almashtirish futbolchiga berilgan sariq kartochka hamda murabbiylar shtabining chap qanot himoyasini mustahkamlash istagidan kelib chiqqan.

"Husanov sariq kartochka olganidan so'ng tavakkal qilishni xohlamadik. O'sha paytda biz chap qanotni kuchaytirishimiz kerak edi. Niko kutilganidan ko'proq daqiqa o'ynadi, Yoshko esa himoya markazida o'ynay boshladi. Bizda jarohatlanganlar bor edi va ixtiyorimizda faqat yosh Vitor bilan Husanov qolgandi", – dedi Gvardiola.

Gvardiola, shuningdek, tarkibdagi o'rin uchun kurash doimiy ekanligi va hech kim bunga oldindan ishonch hosil qila olmasligini takidladi:

"Bu holat shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich tarkibdagi o'rningni kafolatlangan deb hisoblash mumkin emas. Ertangi o'yin ham bunga kafolat bo'la olmaydi".

Abduqodir Husanov shu yilning yanvar oyida Franciyaning "Lans" jamoasidan "Manchester Siti"ga o'tgandi. Transfer qiymati taxminan 40 mln evroni tashkil etdi. O'shandan beri 20 yoshli o'zbekistonlik himoyachi Angliya Premer-ligasida 6 ta o'yinda maydon tushdi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика