Gvardiola: "G'alaba qozonish uchun pul sarflash kerak"
03 fev 2023 21:50
Yangiliklar
Gvardiola: "G'alaba qozonish uchun pul sarflash kerak"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola moliyaviy ko'maksiz zamonaviy futbolda muvaffaqiyatga erishish qiyinligini yana bir bor ochiqladi.
“Yaxshi futbolchilarsiz “CHelsi”, “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” shu darajada bo'larmidi? G'alaba qozonish uchun pul sarflashingiz kerak. Hozirgi transfer bozori dahshat. Ammo "CHelsi"ning nimalar qilayotgani bilan ishim yo'q. Buning reglamenti bor”, dedi Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida.
Xosep Gvardiola 2016/2017 yilgi mavsumdan beri "Manchester Siti"ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida klub tarkibni kuchaytirish uchun juda katta mablag' sarfladi. Gvardiola qo'l ostida "shaharliklar" ko'plab ichki sovrinlarni, jumladan, to'rt bor chempionlikni qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar