Guti Alonsoning "Real"dan ketishi haqida: "Futbolchilar murabbiydan norozi bo'lsa, bu darrov seziladi. Nazarimda, asosiy sabab shu"
13 jan 02:21
Yangiliklar
Guti Alonsoning "Real"dan ketishi haqida: "Futbolchilar murabbiydan norozi bo'lsa, bu darrov seziladi. Nazarimda, asosiy sabab shu"
Eslatib o'tamiz, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi bilan shartnoma ikki tomonlama kelishuvga ko'ra bekor qilindi.
"Men Xabi davrida kiyinish xonasidagi muhitni ichkaridan his qilmadim, lekin bir narsa haqiqat — agar futbolchilar o'zlarini noqulay his qilishsa yoki murabbiydan norozi bo'lishsa, bu nafaqat mashg'ulotlarda, balki o'yinlarda ham darrov ko'zga tashlanadi. Menimcha, Xabining aynan hozir ketishiga asosiy sabab shu bo'ldi.
Agar o'yin uslubi yoki jamoaning maydondagi natijalari haqida gapiradigan bo'lsak, hozirgina statistikani ko'rdim: "Barselona" ustozi Flik 34 ta o'yinda xuddi Xabi Alonso kabi natija qayd etgan. Demak, g'alabalar soni bo'yicha vaziyat yomon emasdi. Biroq Alonsoning kiyinish xonasi bilan til topisha olmagani haqida ko'plab mish-mishlar yurgani ham bor gap", — dedi Guti DAZN efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar