Guljigit Aliqulov: "Qirg'iz Respublikasi Eron va O'zbekiston bilan teng o'ynay oladi"
07 mar 18:18
Yangiliklar
Guljigit Aliqulov: "Qirg'iz Respublikasi Eron va O'zbekiston bilan teng o'ynay oladi"
Qirg'iz Respublikasi milliy terma jamoasi va "Torpedo" klubi yarim himoyachisi Guljigit Aliqulovning fikricha, hozirgi holatda uning jamoasi Eron va O'zbekistonga qarshi teng sharoitda o'ynay oladi.
"O'ylaymanki, bunday rivojlanish darajasi bilan biz Eron va O'zbekiston bilan teng o'ynay olamiz. Hozir bizda barcha sharoitlar mavjud. Birinchi marta bu darajaga etdik, barcha o'yinlarni yomon o'tkazdik deb aytolmayman.
Biz munosib o'yin ko'rsatamiz. Bir-ikki yil ichida biz Osiyoda emas, balki global miqyosda muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilishimiz kerak", – dedi futbolchi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 20 mart kuni Toshkentda Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv "Bunyodkor" stadionida 21:00 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar