So’nggi yangiliklar

16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:06"Хоразм" — "Қўқон-1912". Асосий таркиблар маълум  1 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  27 15:18"Ливерпуль" — "Эвертон". Мерсисайд дербиси учун таркиблар маълум  8 14:51Футзал. Ўзбекистоннинг Фаластинга қарши ўйин учун таркиби маълум  2 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  34 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  12 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  13 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  2 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0

Giggz intervyuda Van Gal va Fergyusonning farqini aytdi Yangiliklar

Giggz intervyuda Van Gal va Fergyusonning farqini aytdi

"Manchester Yunayted"ning sobiq vingeri Rayan Giggz mankunianliklarning sobiq bosh murabbiylari Ser Aleks Fergyuson hamda Lui Van Galni taqqosladi.

"Ser Aleksda barchasi bo'lgan - boshqaruv, axil kiyinish xonasi, tartib, standartlar tepadigan insonlar, futbolchilarni tushunish... Uning qo'l ostida shunchaki maydonga tushardik va o'ynardik, chunki tarkibimiz ham yuqori sifatli futbolchilardan tashkil topgan va ular bir necha yillardan buyon birga faoliyat olib borayotgandi.

Lui bilan esa aksi. Har o'yinda taktikalar o'zgarardi. Ser Aleks davrida bir uslubni tanlab, uni sayqallashtirardik. Uning qo'l ostidagi birorta o'yinda 3 nafar markaziy himoyachi bilan maydonga tushganimizni eslay olmayman. Bo'lgandir bir-ikki marta, shunda ham katta o'yinlarda hisobni ushlab qolish uchun uchinchi centrbek maydonga tushgan.

Lui biz bilan o'yin va taktik tomonlama ko'p ishlardi. Har o'yinga xar xil tayyorgarlik rejasi tuzilardi, futbolchilar esa xaddan tashqari ko'p edi! Ser Aleks bilan barchasi oddiy davom etardi. Bu bilan ichki yig'ilishlar bo'lishini istisno qilmayapman, ammo nima bo'lganda ham tajribali futbolchilar doim murabbiyning fikrlarini tezda ilg'ab olardi. Masalan, Park Ji Sung markazda Pirloga to'p tushishiga imkon qoldirmaslik kerak bo'lsa buni ajoyib tarzda amalga oshirardi.

Tartib-qoida - eng asosiysi. Bu jihat Ser Aleks hamda Luini bog'lab turadi. Ularning ikkisi ham standartlarni amalga oshiradigan futbolchilarni tanlashda adashmagan", - dedi Giggz.  

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика