Germaniyada AQSHdagi Jahon chempionatini boykot qilish haqida gapirilmoqda
20 jan 22:01
Yangiliklar
Germaniyada AQSHdagi Jahon chempionatini boykot qilish haqida gapirilmoqda
"Sankt-Pauli" klubi prezidenti hamda Bundesliga va Germaniya futbol federaciyasi ijroiya qo'mitasi azosi Oke Gyottlix AQSH prezidenti Donald Tramp va uning Grenlandiya bo'yicha bayonotlari sababli 2026 yilgi jahon chempionatini boykot qilish masalasini muhokama etishga davat etdi.
"Evropaga bilvosita, ehtimol yaqin kelajakda to'g'ridan-to'g'ri tahdid solayotgan mamlakatda evropaliklar musobaqalarda qatnashishi kerakmi, degan savol haqiqatan ham o'rinlidir," deya Gyottlixning so'zlarini keltiradi City A.M.
Bundan oldin Tramp Daniya avtonom hududi hisoblangan Grenlandiyada raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirish uchun AQSH nazoratini o'rnatish istagini bildirgan edi.
2026 yilgi jahon chempionati uch mamlakat - AQSH, Kanada va Meksika hududida o'tkaziladi. Musobaqa 11 iyunda boshlanib, final 19 iyulda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar