Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi: "Real" o'zgarishi kerak, chunki futbol o'zgarmoqda"
07 avg 2019 12:51
Yangiliklar
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi: "Real" o'zgarishi kerak, chunki futbol o'zgarmoqda"
Germaniya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Lotar Matteus "Real"ga keng ko'lamdagi o'zgarishlar zarur deb hisoblaydi.
Madrid klubi Ronalduning "Yuventus"ga ketganidan so'ng yangilanishi kerak.
- "Real" o'zgarishi kerak. Oldinlari yaxshi samara bergan, ammo kelajakda natijalar bera olmaydigan futbolchilarni almashtirish kerak. Barcha muammolarga Ronalduning ketishi ham sababdir.
U har mavsum 50-60ta gollar urardi. Benzema ham yaxshi futbolchi. Zidan unga ishonmoqda, ammo u Ronaldudek bo'la olmaydi. Ko'ramiz, Azar "CHelsi"dagi darajasida o'ynab keta olarmikan. "Real"ning tarkibida 5-6 yil birga o'ynab kelayotgan Marselu, Karvaxal, Ramos, Modrich va Krosslarni ko'rishimiz mumkin. Endi ularni almashtirish kerak.
Bu gapim ularning yomon o'yinchi degan fikrni bildirmaydi, aytmoqchimanki futbol o'zgarmoqda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar