So’nggi yangiliklar

13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  0 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1 10:48Осимхен фаолиятини Европанинг ТОП жамоасида давом эттириши мумкин  2 10:20Салоҳ Саудия чемпионатига ўтишга рози  3 09:15Камолиддин Тожиев: "Бу биз учун оғриқли мавзу"  3 08:46"Нефтчи" "Насаф"нинг яна бир футболчисига қизиқиш билдирмоқда  8 08:18Кечаги учрашувда "Арсенал"нинг икки нафар футболчиси жароҳат олди  0 07:50Элит ОЧЛ. Бугун "Насаф" гуруҳдаги сўнгги учрашувида майдонга тушади  6 07:23Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:40А Серия. "Наполи" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  4 01:34Элдор Шомуродов: "Иккинчи марта яхши ўйин кўрсатган учрашувда ютқаздик"  5 01:25Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" — "Бешиктош" 2:3  2

"G'azalkent" klubi Liga azosi bo'lish uchun ariza topshirdi Yangiliklar

"G'azalkent" klubi Liga azosi bo'lish uchun ariza topshirdi

Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumaniga katta futbolni olib kirishni maqsad qilgan "G'azalkent" futbol klubi Liga azosi bo'lish uchun ariza topshirgani malum qilindi.

"Mazkur klubning tashkil etilishi, uning maqsadi, infratuzilma bunyod qilish uchun yo'naltirayotgan investiciyasi hamda bolalar futboliga etibor berish orqali, ularning professional futbolga qadar bo'lgan yo'lni bosib o'tish bo'yicha rejasi 2025 yilgi mavsum davomida Liga bilan kelishib kelinmoqda. 

Ayni vaqtda G'azalkent shahrida joylashgan stadion hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog'liq ishlar davom etmoqda. Liga va Associaciya kelishuviga ko'ra, klub tez orada O'FA qoshidagi futbol maktablaridan biri bilan shartnoma imzolashi ko'zda tutilgan. Bu orqali klub minimum sakkiz yosh toifasidagi guruhlarni rivojlantirish, Toshkent viloyatining turli hududlarida filiallarni tashkil etish orqali, tarbiyalanuvchilarni Liga talab etgan ko'rinishda ro'yxatdan o'tkazish ishlarini amalga oshiradi. 

Stadion bilan bog'liq hujjatlar to'liq rasmiylashtirib bo'lingach, "G'azalkent" klubi shahardagi stadionni Liga talab etgan ko'rinishga keltirish ishlarini boshlaydi. Infratuzilmani rivojlantirish yo'lida klub 12 milliard so'm investiciya kiritishni rejalashtirgan. Barchasi reja bo'yicha davom etsa, mavsumning ikkinchi yarmiga qadar stadion katta uchrashuvlarni qabul qilish uchun tayyor bo'ladi. 

Shuningdek, klubning yillik xarajatlar smetasi Liga talab qilgan ko'rinishda tasdiqlangan bo'lib, u o'z ichiga bir qator muhim jihatlarni qamrab olgan. Klub mavsumga tayyorgarlik doirasida xorijiy yig'inda ishtirok etadi, shuningdek, yosh futbolchilar bilan individual ishlash tizimi xorijiy mutaxassislar tomonidan yo'lga qo'yiladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga "G'azalkent" klubini o'z azoligiga qabul qilish masalasini Ijroiya qo'mita kun tartibiga kiritdi. Endilikda stadion va futbol maktabi bilan bog'liq masalalar o'zaro hamkorlikda amalga oshiriladi", – deyiladi O'zPFL xabarida. 

Reyting: +3   

Fikrlar

   
13 jan 20:36:26
Дилмурод
Футболга пул тиккандан кўра ўша пулларни бустонлиқ тумани йўлларига ишлатса яхши бўларди курорт зона дейдида йўллари сссрдан қолган. Нима қилиб беради футбол ғазалкентга ёки чорвоқдан ер сотадими хокимят. Ана исроф. Футболсиз хам юрганди..
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика