"G'azalkent" futbol klubi press tur tashkil etdi
21 jan 21:26
Yangiliklar
"G'azalkent" futbol klubi press tur tashkil etdi
1993 yilda tashkil etilgan klub besh yil davomida O'zbekiston birinchi ligasida (hozirgi Pro liga) ishtirok etgan.
Bu jamoada Ravshan Ermatov, Vadim Abramov, Viktor Karpenko kabi mashhur futbolchilar to'p tepishgan.
2025 yilning 19 dekabr kuni "G'azalkent" klubi qayta tashkil etilgani rasman elon qilindi. Yanvar oyida klub O'zbekiston Professional futbol ligasiga azo bo'lish uchun rasmiy ariza topshirdi.
"G'azalkent" to'lig'icha xususiy futbol klubi hisoblanadi va faoliyati to'liq xususiy investiciyalar hisobidan moliyalashtiriladi. Klub davlat mablag'larisiz, mustaqil xususiy loyiha sifatida rivojlantirilmoqda.
Klubning asosiy maqsadi yosh futbolchilarni tarbiyalash, ularning salohiyatini rivojlantirish va kelajakda terma jamoalar darajasiga olib chiqishdan iborat. Jamoa asosini 2007-2010 yillarda tug'ilgan futbolchilar tashkil etadi.
Bugungi kunda jamoamizda yaqin o'tmishning taniqli va mashhur futbolchilaridan biri Zayniddin Tojiev bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
"G'azalkent" shu kungacha bir nechta o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etishga ulgurdi. Jamoa futbolchilari Toshkent viloyatida joylashgan "Dukent" bazasida, shuningdek "Milliy futbol markazi"da o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishdi. 4 fevral kuni esa klub xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun Antaliya shahriga yo'l oladi.
Ayni paytda klub yangi mavsumda Pro ligada ishtirok etish uchun O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan belgilangan talablarni bajarmoqda. Agar barcha jarayonlar ijobiy yakunlansa, jamoa yangi mavsum Pro ligada ishtirok etadi.
Shuningdek, klubning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasida infratuzilma va ijtimoiy loyihalar alohida o'rin tutadi. Xususan, G'azalkent shahridagi stadionni rekonstrukciya qilish, uni xalqaro standartlarga mos holga keltirish va Toshkent viloyatidagi eng yaxshi stadionlardan biriga aylantirish rejalashtirilgan.
Press tur davomida OAV xodimlari jamoa mashg'ulotlarida bevosita ishtirok etishdi, murabbiylar va futbolchilar bilan suhbatlashishdi. Tadbir so'nggida jurnalistlar bir piyola choyga taklif qilindi va har bir mehmonga "G'azalkent" klubning original formasi sovg'a qilindi.
Press turdan to'liq galereyani saytimizning maxsus bo'limidan topish mumkin >>>>>>>>> FOTOGALEREYA











O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания Кубоги. "Атлетико" илк ўйинда "Барселона" дарвозасига жавобсиз 4 та гол урди
Эрик Гарсия: "Сўнгги пайтларда ҳакамларнинг бирорта қарори бизнинг фойдамизга бўлмаяпти"
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar