Gattuzo Italiya futboli darajasini baholadi
21 mar 2023 10:20
Yangiliklar
"Valensiya", "Milan" va "Napoli" klublarining sobiq bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Italiya futboli saviyasiga baho berdi.
"Italiya futboli endi katenachio mahsuli emasligi juda muhim. "Koverchiano" sezilarli yutuqlarga erishdi. Futbol haqidagi qarashlar yangilandi. Italiya jamoalariga qarshi o'ynash qiyin, ammo ingliz klublari bilan taqqoslash o'rinsiz – bu boshqa dunyo. Premer-liga – bu NBA.
Italiyada 20 yil avvalgidek kuchli futbolchilarni sotib ololmaydilar. Yosh futbolchilarni kashf qilish kerak. "Napoli"ni boshqargan yilimda 77 ochko bilan CHempionlar Ligasidan quruq qolgandim. Bir necha yildirki, siz bor kuchingizni berishingiz kerak bo'lmoqda", – dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar