Garet Beyl: "Real"da sendan galaktikos bo'lishni kutishadi, ammo men bunday emasman. Menga oddiy inson bo'lish yoqadi"
24 may 2021 11:20
Yangiliklar
Garet Beyl: "Real"da sendan galaktikos bo'lishni kutishadi, ammo men bunday emasman. Menga oddiy inson bo'lish yoqadi"
"Tottenxem" yarim himoyachisi Garet Beyl "Real"da o'tkazgan vaqtlari haqida gapirdi.
"Nazarimda, jurnalistlar bilan muloqot qilmaganim sabab, ular bezovtalanishadi. OAV meni kerakli darajada o'zini tutmayapti deb hisoblaydi. Ammo, rostini aytsam, men hech kim uchun o'zgarib ketmoqchi emasman. Matbuot mening hayotimni va turmush tarzimni o'zgartirgani yo'q.
O'ylaymanki, shu sabab qo'shimcha tanqid oldim, ammo chidadim.
"Real"da sendan galaktikoc bo'lishni kutishadi. Ular oldin buni boshqa o'yinchilardan ko'rishgan va sendan ham shuni xohlashadi. To'g'risini aytsam, men ulardek emasman.
Menga yaqinlarim bilan vaqt o'tkazish yoqadi, ular esa qizil gilamli yo'ldan yurishadi. Men hech qachon bunday bo'lmayman. Futbol o'ynashni sevaman. Menga oddiy odam bo'lish yoqadi", - deydi Beyl.
Fikrlar