Fyullkrug "Borussiya D"ga o'tishga yaqin
31 avg 2023 16:48
Yangiliklar
Fyullkrug "Borussiya D"ga o'tishga yaqin
"Verder" hujumchisi Niklas Fyullkrug Dortmundning "Borussiya"siga o'tishga yaqin turibdi.
Bu haqda "Bild" xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, forvardning transfer summasi bonuslar qo'shilgan holda taxminan 13 million evroni tashkil qiladi. Bugun, 31 avgust kuni Fyullkrug "Borussiya"ga o'tishini rasmiylashtirish uchun tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
30 yoshli Fyullkrugning "Verder" bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt internet-portali germaniyalik hujumchining bozor narxini 13 million evroga baholamoqda.
Fyullkrug joriy mavsum "Verder" uchun barcha musobaqalarda 3 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
U Germaniya terma jamoasi safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 7 ta to'p kiritgan va 1 ta golga assistentlik qilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar