Futzal bo'yicha ECHL. “Barselona” finalda o'tgan mavsumdagi mag'lubiyat uchun “Sporting”dan revansh oldi
02 may 2022 09:00
Yangiliklar
Futzal bo'yicha ECHL. “Barselona” finalda o'tgan mavsumdagi mag'lubiyat uchun “Sporting”dan revansh oldi
Rigada futzal bo'yicha CHempionlar Ligasi 2021/22 yilgi mavsum finali “Barselona” hamda “Sporting” o'rtasida bo'lib o'tdi.
Unda kataloniyaliklar 4:0 hisobida raqiblarini taslim etib, o'tgan mavsumdagi mag'lubiyat (3:4) uchun o'ziga xos revansh olishdi. Umuman “ko'kanorranglilar” o'z tarixida 4-marotaba ushbu musobaqada zafar quchdi. Bu borada rekord esa Ispaniyaning boshqa bir klubi “Inter”ga (5 ta titul) tegishli.
Eslatib o'tamiz, 3-o'rin uchun bahsda “Benfika” 5:2 hisobida “Aner-syur-Sen Vilnyov” (Franciya)ni mag'lubiyatga uchratdi.
"Barselona" (Ispaniya) - "Sporting" (Portugaliya) 4:0
"Riga Arena"
Gollar: Losano 16, Pito 19, Ferrao 21, Plana 39
Ogohlantirishlar: Diego 23, Povil 37 - Anjelu 8, Valtinyu 10, Pasu 20, Kardinal 23, Erik 31.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar