So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Futzal. Ahad Yusupov: "Amaldagi chempion sifatida munosib ishtirok etmoqchimiz" Yangiliklar

Futzal. Ahad Yusupov: "Amaldagi chempion sifatida munosib ishtirok etmoqchimiz"

Samarqandda davom etayotgan futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 2-turida amaldagi chempion sifatida "Lokomotiv" ham ishtirok etmoqda.
Jamoa bosh murabbiyi Ahad Yusupov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Lokomotiv" futzal bo'yicha O'zbekistonning amaldagi chempioni. Biz nafaqat bu sovrinni saqlab qolish uchun , balki munosib ishtirok uchun ham maydonga tushmoqdamiz. Ayni vaqtda turnir jadvalidagi holatimizga u darajada havas qilib bo'lmaydi. Tushinib turibman endi chempionlikni saqlab qolish juda qiyin bo'ladi", - deydi Ahad Yusupov.

- O'tgan yilgi tarkib keskin o'zgargan. Bunga sabab nima?

- Biz O'zbekistonning eng kuchli futzalchilarini yig'ib chempionlikni davom ettirishimiz mumkin edi. Men bu yili jamoani yoshlar bilan to'ldirdim. O'zbekistondagi eng iqtidorli yoshlardan iborat jamoa tuzdim deya olaman. Har bir yosh futzalchimiz bir necha yildan buyon klub bilan birga edi va bu yil barchasiga imkoniyat beraman. Bu tarkibdan uch yil natija so'ramayman.

- Demak bu yilgi ishtirok sovrin uchun kechmaydimi ?

- Bunday deb aytmagan bo'lar edim. Oldinda hali turlar va qismlar bor. Oxirigacha kurashamoqchimiz. Misol uchun Samarqanddagi bahslarda rosmanasiga omadimiz kelmadi. Birinchi turda tayyor g'alabani durangga almashdik. Kecha esa ikkita goldan so'ng oldinga o'tib, barcha qarshi hujumlarni o'tkazdik. Undan tashqari uchta futzalchimiz sog'lig'ini yo'qotib maydonga tusha olmadi. Bu yil jamoalar juda kuchli. Har biri sovrin uchun kurashmoqda. Barcha jamoalardan kuchli futzalchilar bor. Endi ishimizni o'z mehnatimiz bilan ko'rsatish fursati etdi. Yoshlarimiz ishonchni oqlaydi deb o'ylayman. Asosiy vazifa esa terma jamoaga munosib bo'lgan futzalchilarni etishtirib bermoqchimiz. Hozir tarkibimizdan Sarvar SHoahmedov havaskor jamoadan milliy terma jamoa darajasigacha chiqdi.

Humoyun Dovurov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика