So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

Futbolchining transferidan birinchi murabbiyiga ulush ajratish tizimi takomillashtiriladi Yangiliklar

Futbolchining transferidan birinchi murabbiyiga ulush ajratish tizimi takomillashtiriladi

Teglar :  Bosh murabbiy
Bir futbolchini yoshligidan tarbiyalab, unga futbol sir-asrorlarini o'rgatib, professional darajaga olib chiqish oson ish emas.

Bu katta mehnat va sabr-toqat talab qiladigan yumush. Futbolda murabbiy sifatida ishlaydigan, ayniqsa, bolalar murabbiyi sifatida faoliyat yuritadigan insonlardan katta fidoiylik talab qilinadi.

Butun dunyoda futbolchilar katta maosh olishi, shartnomasiga ko'ra millionlab pullar ishlab topishi hech kimga sir emas. Ammo o'sha futbolchini oyoqqa turg'izgan, uni yuqori darajaga chiqishiga katta hissa qo'shgan, sabr-toqat bilan futbolchini tarbiyalagan, unga ishonch bildirgan murabbiylar haqida bunday deb bo'lmaydi. Ular ko'pincha etibordan chetda qolishadi. O'zlari ishlaydigan futbol maktabi tomonidan beriladigan maosh bilan cheklanib, yana yangi futbolchilarni tarbiyalashga kuch va vaqtlarini sarflashadi.

Aslida esa, malum darajaga chiqqan, o'ziga yarasha muxlislar orttirib, ko'zga ko'ringan, moliyaviy holatini yaxshilab olgan futbolchilar bunda birinchi murabbiylarining hissasi katta ekanligini unutmasliklari, o'sha murabbiy oldida doimo qarzdor ekanliklarini eslab yurishlari zarur. Har doim ham professional futbolchi tarbiyalab bergan murabbiylar moliyaviy jihatdan etarlicha rag'batlantirilmaydi. Bu esa bolalar futbolida ishlaydigan murabbiylardagi ishtiyoqni so'ndirib qo'yishi, ularning o'z kasbiga mehr bilan yondoshishlari to'sqinlik qilishi mumkin.

O'FA Birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tomonidan mazkur holatni o'nglash maqsadida, professional shartnoma imzolagan futbolchilarning transfer summasidan malum foizni ularni tarbiyalagan birinchi murabbiylariga ajratish tizimini ishlab chiqish bo'yicha topshiriq berilgandi. SHunga ko'ra Professional futbol ligasining reglamentiga mazkur masala bo'yicha tegishli band kiritildi. Endilikda futbol klubi bilan shartnoma imzolayotgan futbolchini tarbiyalagan akademiyaga malum miqdordagi mablag' ajratish tizimi yo'lga qo'yildi.

O'FA va PFL mutaxasisslari tomonidan mazkur masalaning yuridik jihati yana o'rganib chiqilib, PFL reglamentining tegishli bandlariga qo'shimchalar kiritiladi. Yuqori saviyali futbolchilarni etishtirib bergan murabbiylar garchi o'sha akademiyada faoliyat olib bormayotgan bo'lsa ham, klub tomonidan akademiyaga to'langan mablag'ning malum foizi ularga to'lab beriladi. Bu tizim futbolchini etishtirishda katta mehnat qilgan murabbiylarning o'z mehnatlari uchun munosib ravishda mukofot olishlarini taminlaydi. Futbolchining transferidan ularga malum darajada mablag' ajratiladigan bo'lsa, bolalar futbolida faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun bu qo'shimcha motivaciya bo'lib xizmat qilishi aniq.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика