So’nggi yangiliklar

02:03Ла Лига. "Атлетико" "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда 84-дақиқада гол ўтказиб, ғалабани қўлдан бой берди  1 02:00А Серия. "Фиорентина" 3та пенальти голга айланмаган ўйинда "Милан"ни мағлуб этди, ҳакам 2та қизил карточка кўрсатди, Де Хеа эса учрашув қаҳрамонига айланди!  3 01:55Лига 1. ПСЖ меҳмонда "Ницца"ни ютолмади  0 00:34Ўзбекистон кубогининг янги эгаларига аталган карикатура  0 23:24Хендерсон АПЛга қайтиши мумкин  0 23:09РПЛ. ЦСКА Москва дербисида "Динамо"ни мағлуб этди, Файзуллаевдан навбатдаги гол  6 23:06А Серия. "Рома" "Монца" билан дуранг ўйнади, Шомуродов 86-дақиқада захирадан туширилди  12 22:57БАА чемпионати. "Ал Ваҳда" меҳмонда "Ал Айн"ни мағлуб этди, Эркинов захирада қолдирилди  1 22:50Футзал бўйича ЖЧ. Украинлар Тошкентдаги "жанг"да ғалаба қозонишди, Бразилия чемпион!  1 22:34Бундеслига. "Бавария" 6та тўп киритилган ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  7 22:26АПЛ. "Брайтон" "Тоттенхэм"га қарши ўйинда 0:2ни 3:2га ўзгартирган ҳолда камбэк қайд этди  3 22:03Лига 1. "Ланс" меҳмонда "Страсбур" билан жанговар дуранг ўйнади, Ҳусанов баҳсда доимгидек тўлиқ ҳаракат қилди  8 21:45Футзал бўйича ЖЧ-2024. Бразилия Аргентинани мағлуб этиб, олти карра жаҳон чемпионига айланди  6 21:17Ла Лига. Левандовскининг 25 дақиқа ичида қайд этган хет-триги "Барселона"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  16 21:13Эрон чемпионати. "Фулад" меҳмонда "Тракторсози"ни мағлуб этди, Юсупов тўлиқ ҳаракат қилди  4

Futbolga aloqador qo'l soatlari Yangiliklar

Futbolga aloqador qo'l soatlari

Hozirgi kunga kelib, qo'l soatlari har qanday erkakning ajralmas aksessuarlaridan biriga aylanishga ulgurdi.

Ayniqsa, qaysi futbol ixlosmandi yaxshi ko'rgan klubining logotipi aks etgan soat taqishni xohlamaydi deysiz?! To'g'ri, klub futbolkasi va sharfi muxlislarning eng asosiy atributi hisoblanadi. Lekin, soatni ham unutmaslik lozim. CHunki, u nafaqat vaqtni eslatib turuvchi buyum, balki siz futbolga befarq emasligingizni ko'rsatib beruvchi aksessuar sifatida ham xizmat qiladi. Bugun etiboringizga futbol uslubidagi eng sara qo'l soatlarini taqdim etamiz.

Jacques Lemans
Avstriya kompaniyasi 1975 yilda tashkil topgan. “Jacques Lemans” 2009 yil dekabrda UEFAning rasman sherigiga aylandi. SHundan so'ng, u “UEFA CHempionlar Ligasi” nomi ostida mahsulot ishlab chiqarish huquqini qo'lga kiritdi va asosiy klub turniriga bag'ishlangan soatlar kollekciyasini chiqara boshladi. Siz bu brendga oid ham klassik, ham sport uslubidagi qo'l soatini topishingiz mumkin. “Jacques Lemans” CHempionlar Ligasidan tashqari, Evropa Ligasi bilan ham shartnoma imzolagan.

“Jacques Lemans”ning yana bir o'ziga xos xususiyati — u har yili CHempionlar Ligasi finali o'tkaziladigan shahar logotipi aks etgan soatlarni sotuvga chiqaradi. Masalan, “Real” muxlislari “Final Cardiff 2017” yoki “Final Milano 2016”; “Barselona” ixlosmandlari esa “Final Berlin 2015” logosi tasvirlangan soatlarni esdalik uchun xarid qilishlari mumkin.


Viceroy
Ispaniyaning “Viceroy” kompaniyasi aynan “Real” muxlislari uchun klub nomi bilan bir xil bo'lgan qo'l soatlarini ishlab chiqaradi. “Real Madrid” nomi ostidagi qo'l soatlarning deyarli barchasi sport uslubida yaratilgan. Kollekciyadagi boshqa soatlar esa har xil ranglardan iborat bo'lgan. Ammo, uning klassik uslubdagi qora, oq, qizil va ko'k ranglari ham bor.


Maurice Lacroix
“Maurice Lacroix” kompaniyasi 1975 yilda SHveycariyada tashkil topgan. U qimmatbaho brend bo'lib, kataloniyaliklarning rasmiy hamkori hisoblanadi. U “Barselona” muxlislari uchun bir nechta ajoyib qo'l soatlar kollekciyasini ishlab chiqargan. Soat “ko'k-anorrang”da bo'lib, uning orqa qismiga “Barsa”ning shiori (“Mes que un club”) yozib qo'yilgan. Mexanik soatning yana bir o'ziga xos xususiyati u suvda ham bemalol ishlay oladi.


TAG Heuer
SHveycariyaning yana bir qimmatbaho soat ishlab chiqaradigan “TAG Heuer” kompaniyasi 1860 yilda tashkil topgan. U Angliya Premer-Ligasining rasman birinchi hamkori hisoblanadi. Soat korpusi qora rangda bo'lgani uchun u chiroyli va qimmatbaho hisoblangan. Ushbu brend Premer-liga bilan hamkorlikdan tashqari, “Manchester Yunayted” klubining ham rasmiy xronometristi sanaladi.

“TAG Heuer” mankunianliklar logotipi bilan ikkita qo'l soati ishlab chiqargan. Uning birinchi modeli sport uslubida bo'lib, qora va qizil ranglardan iborat edi. Unda xronograf ko'rsatkich va sekund mili ham mavjudligi bilan boshqa soatlardan ajralib turgan.

MYU logotipi aks etgan ikkinchi soat esa har qanday uslubdagi kiyimga mos ravishda yaratilgan. U qora, kulrang va qizil ranglar uyg'unligida ishlangan bo'lib, original ko'rinishdagi soat ekani bilan ajralib turadi.


CORUM
“Zenit” futbol klubi SHveycariyaning “Corum” kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganidan so'ng, “CORUM Admiral's Cup FC Zenit” modelidagi qo'l soatini yaratgan. Uning korpusi qora va kulrang, soat mili va raqamlari esa oq, ko'k va havorangdan tashkil topgan. Soatning narxi juda qimmat bo'lgani uchun bor yo'g'i 40 dona ishlab chiqarilgan.  


Hublot
SHveycariyaning “Hublot” kompaniyasi 1980 yilda  tashkil topgan. U hozirgi kunda Evropaning “Bavariya”, “CHelsi”, PSJ, “Yuventus” va hattoki, “Benfika” futbol klublari bilan faoliyat yuritadi. “Hublot” dunyodani eng qimmat qo'l soatlari ishlab chiqaradigan kompaniyalardan biri hisoblanadi.


Sports.ru saytidan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика