Frenki de Yong mushakdagi diskomfort sabab "Sevilya" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
20 okt 2024 23:20
Yangiliklar
Frenki de Yong mushakdagi diskomfort sabab "Sevilya" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong "Sevilya"ga qarshi La Liga 10-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
"Frenki shu kunlarda juda yaxshi shug'ullandi va unga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida qarayotgandim, ammo hozirda bu qarorni ko'rib chiqamiz. U mashg'ulotni diskomfort bilan tugatdi. Frenki mashg'ulotlarning ilk qismini jamoa bilan o'tkazganiga qaramay, so'ngra alohida shug'ullandi", — dedi "Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik.
De Yong 2024 yilning aprelidan beri to'pig'idagi jarohatdan tiklanayotgandi. Yarim himoyachi oktyabr oyida 2ta o'yin o'tkazdi va maydonda 24 daqiqa harakat qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar