So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Fotoreportaj: Andijonda tijorat banklari o'rtasida Viloyat hokimi Kubogi mini-futbol musobaqasi yakuniga etdi Yangiliklar

Fotoreportaj: Andijonda tijorat banklari o'rtasida Viloyat hokimi Kubogi mini-futbol musobaqasi yakuniga etdi

Teglar :  AndijonBanklar
Sport kishining sog'ligi va samarali mehnat qilishi uchun katta kuch berishi hammaga ayon.

Andijonda sportning barcha turlari, ayniqsa futbolni ommaviylashtirish bo'yicha tashkil qilinayotgan tadbirlar aholi va ishchi-xizmatchilar o'rtasida “millionlar o'yini”ga bo'lgan qiziqishini oshirmoqda.

Andijon viloyat futbol associaciyasi, viloyat Markaziy bank boshqarmasi bilan hamkorlikda bank xodimlari o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ibot qilish uchunsport tadbiri tashkil qildi.

Viloyatda o'tkazilayotgan ommaviy sport oyligi munosabati bilan 16 fevral- 3 mart kunlari mini-futbol bo'yicha viloyatda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari o'rtasida viloyat hokimi kubogi musobaqasio'tkazildi.

Musobaqada 16 tijorat banklari 4 guruhga bo'lingan holda shahardagi Andijon viloyati futbol associaciyasi mini-futbol arenasida kuch sinashdilar.

3 mart kuni musobaqaning final o'yini va tantanali yopilish marosimi bo'lib o'tdi.
Final musobaqasida o'z guruhida barcha raqiblarini enggan Agrobank ATB va Hamkorbank ATB jamoalari kuch sinashib, ko'plab tamoshabinlar ishtirokida bo'lib o'tgan o'yinda Hamkorbank xodimlaridan tuzilgan jamoa g'alaba qozondi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida so'z olgan Andijon viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzodbek Karimov hamda viloyat Markaziy bank boshqarmasi rahbari Elyorbek Usmonovlar turnirda faol ishtirok etgan jamoalarga o'z minnatdorchiligini bildirdilar. Turli yo'nalishlarda o'zini namoyon etgan havaskor futbolchilarga alohida sovg'alar berildi.

Sovrindor jamoalarga medallar va mukofotlar bilan taqdirlanib, g'olib Hamkorbank jamoasiga viloyat Markaziy bank boshqarmasi rahbari Elyorbek Usmonov tomonidan kubok topshirildi.

Elmurod Ermatov, Andijon


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика