So’nggi yangiliklar

"Formaning rangini hisobga olmaganda, "CHelsi"ni tanimayapman" - Maluda Yangiliklar

"Formaning rangini hisobga olmaganda, "CHelsi"ni tanimayapman" - Maluda

Franciyalik futbolchining fikricha, sobiq jamoasida vaziyat hammasi yaxshi emas.

"CHelsi" sobiq futbolchisi Floran Maluda London klubidagi vaziyatga salbiy baho berdi.

"Formaning rangini hisobga olmaganda, klubni tanimayapman. Menimcha, rahbariyat loyiha haqida gapirishga ko'p etibor qaratmoqda. Ha, qurilish loyihasi haqiqiy qiymatga ega narsalarni qurish uchun vaqt talab etadi. Lekin bu barqarorlikni ham talab qiladi. Men buni klub menejmentida ko'rganim yo'q.

Bizning zamonda klubda muvaffaqiyat qozongan murabbiylar ham toyib keta boshlagan zahoti ishdan bo'shatilardi. Qanday loyiha haqida gapirish mumkin? "CHelsi"da loyihalar uchun vaqt yo'q", – dedi Maluda.

"CHelsi"ga "Betis"ning yosh yarim himoyachisi kerakligi haqida xabar berilgan edi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика