So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

Football Leaks "Manchester Siti"ning sirini oshkor qildi Yangiliklar

Football Leaks "Manchester Siti"ning sirini oshkor qildi

Teglar :  Manchester Siti
"Football Leaks"ning xabar berishicha, "Manchester Siti" Angliya Futbol Associaciyasini aldagan ekan.

Malumotlarga ko'ra, "Siti" uchinchi shaxslar tomonidan futbolchi huquqlarini sotib olish uchun Kayman orollarida ro'yxatdan o'tkazilgan fonddan foydalangan. Bu Angliyada taqiqlangan.

"Manchester Siti" direktorlar kengashi raisi Ferran Soriano 2012 yilda kataloniyalik Mark Ingl bilan Lyuksemburgda Mangrove konsalting kompaniyasini ro'yxatdan o'tkazgan. Ingl bir necha yil davomida Soriano bilan "Barselona"da birga ishlagan.

Ular 10 yil davomida Janubiy Amerikaning 70 nafar futbolchisi huquqini sotib olish uchun 30 mln. evro mablag' kiritishni reja qilishgan. Ichki hujjatlarga ko'ra, bu mablag'ni "Siti" ajratib bergan.

Bu vaqtda "Manchester Siti" prezidenti Haldun Al-Muborak Kayman orollarida MPI fondiga asos solgan. Aynan ushbu fond orqali argentinalik Bruno Skukulini transferi amalga oshirilgan edi. Bu fond "shaharliklar"dan pul oladigan "Mangrove"dan mablag' qabul qilgan.

Ammo Skukulini transferi amalga oshirilayotganda "Siti" APLga bu kompaniya va fond bilan aloqasi yo'qligini bildirgan. "Manchester Siti" bu malumotga izoh berishni istamadi.

Angliya futbol associaciyasidagilar "Siti"ga qarshi tekshiruv ishlari olib borayotganligini aytishdi. Bundan tashqari, Jeydon Sancho ham shunday transferlardan biri sifatida shubha qilinmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика