Foden: "U shunchaki aqldan ozgan. Bu zarbani qanday amalga oshirganini tushuna olmadim"
24 okt 2024 18:36
Yangiliklar
Foden: "U shunchaki aqldan ozgan. Bu zarbani qanday amalga oshirganini tushuna olmadim"
Filip Foden "Sparta"ga qarshi bahsda Erling Xolandning harakatlariga baho berdi.
"Manchester Siti" ECHL guruh bosqich 3-tur doirasida yirik hisobda (5:0) g'alabaga erishdi. Dubl qayd etgan Xoland gollardan birini havoda tovoni bilan zarba berib, urishga muvaffaq bo'ldi.
"U bilan gaplashganda shunday dedim: "Oshna, agar men shu kabi zarba berishga urinib ko'rganimda, mushaklarimni cho'zib olgan bo'lardim!" U buni qanday amalga oshirayotganini tushunolmadim. Balki unga uning uzun oyoqlari yordam berar.
U aqldan ozgan! Undagi iqtidor boshqa hech kimda yo'q", – dedi "Manchester Siti" yarim himoyachisi "TNT Sports"ga intervyusida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar